Otabek Karimov

Prezidentimizning 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda, avvalo, urushda qatnashgan, mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha urush faxriylarini, shular qatorida front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizni, butun xalqimizni tabriklash, urush maydonlaridan qaytmagan, bugungi musaffo osmonimiz uchun jon bergan vatandoshlarimiz xotirasi oldida bosh egish barchamiz uchun ham qarz, ham farz, deb bilaman, degan so‘zlari xalqimiz o‘zining jasur o‘g‘lonlarini hech qachon unutmasligi, yuksak qadrlashining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

Darhaqiqat, bugungi tinch va farovon hayotimizni barpo etish, istiqlolimizni mustahkamlash, ozod va obod diyorimiz tinchligini saqlash yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasini e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilib o‘sgan Otabek Karimov ham Vatanimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida jonini qurbon qilgan jasur o‘g‘lonlardan edi. U juda qisqa, ammo o‘zgalarga ibrat bo‘larli hayot kechirdi.

– Otabek nihoyatda kamtar, lekin qat’iyatli, mard va bir so‘zli yigit edi, – deydi Oltinko‘l tumani “Oftobachek” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Alisher Hojimatov. – Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashardi. Mahallamiz ahli u bilan haqli ravishda faxrlanardi.

Bolaligidan tirishqoqligi va maqsad sari intiluvchanligi bilan ajralib turgan Otabek maktabda a’lo baholarga o‘qidi. Tumandagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida boks bilan jiddiy shug‘ullandi. Ushbu sport turi bo‘yicha tuman, viloyat va mamlakat miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Harbiy burchni namunali ado etib, el-yurt tinchligi, osoyishtaligi yo‘lida xizmatni davom ettirdi. Milliy xavfsizlik xizmatidagi faoliyati davomida topshirilgan har qanday vazifani a’lo darajada ado etishi, burchiga sadoqati va fidoyiligi bilan safdoshlariga ibrat bo‘ldi.

Marhum Otabek Karimovning yaqinlari, mahalladoshlari, hamkasblari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Oftobachek mahallasida bo‘lib o‘tgan xotira tadbirida uning insoniy fazilatlari, mard va jasurligi yodga olindi.

– Dadam bilan faxrlanaman, – deydi tumandagi 1-umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Samandar Ibrohimov. – Dadamning fazilatlarini o‘zlashtirishga harakat qilaman. Hozir Oltinko‘l tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida taekvondo bilan shug‘ullanmoqdaman. Kelajakda men ham dadam kabi Vatan himoyachisi bo‘lishni maqsad qilganman.

– Besh farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazdik, – deydi Maqsudaxon aya. – Lekin Otabek boshqacha edi. Aka-singillariga mehribon va shirinso‘z bolajonim, afsuski, hayotdan erta ketdi. Men va men kabi onalar tinch uxlasin, xotirjam yashasin, deb jon fido qildi. Yurtimizga, xalqimizga naf keltirgan o‘g‘il o‘stirganimdan faxrlanaman. Uning xotirasini yod etib, mana shunday tadbir o‘tkazilayotganidan behad xursandman. Vatanimizning mard va jasur o‘g‘lonlari xotirasini yod etib, oilasiga ehtirom ko‘rsatayotgan barcha insonlardan minnatdorman. Bu kabi xayrli ishlar tashabbuskori va rahnamosi bo‘lgan Prezidentimizga ming rahmat. Ilohim, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lsin. Vatan, xalq deb o‘tganlar yodi hech qachon unutilmaydi.

Manba: O'zA

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба