Xolidjon Komilov

Tibbiyot fanlari doktori, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti oftalmologiya kafedrasi professori X. Kamilov o‘zining 44 yillik mehnat va izlanishlari bilan klinik oftalmologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, neyrooftalmologiya, oftalmokibernetika kabi dolzarb sohalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Olimning sa’y-harakatlari bilan yangi diagnostika usullaridan bo‘lgan – kompyuter perimetriya, kompressiyasiz tonografiya, ko‘zning kompyuter tahlili va davolash uchun – kukumazim, fraksiparin, tiklid, immunomodulin, lagoden, alloplant va ksenotransplantatlar qo‘llanilmoqda.

X. Komilov so‘nggi 2010-2012 yillar davomida ambulatoriya va statsionar sharoitida 10 000 dan ortiq ko‘zi xasta bemorlarni tekshirib, shundan 1 224 nafar bemorni yangi zamonaviy jarrohlik usullari bilan davolagan.

Tajribali mutaxassis 2006 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan, 2012 yil "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni hamda oliy nishon "Oltin yulduz" medali bilan taqdirlangan.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба