Ozarbayjon elchisi

Mamlakatimizda o‘zbek xalqining tom ma'nodagi eng muhim va qutlug‘ ayyomi - davlat mustaqilligining 25 yillik sanasi tobora yaqinlashib kelmoqda. Ushbu bayram munosabati bilan xorijiy davlatlarning Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatiya missiyalari rahbarlari respublikamiz bosib o‘tgan yo‘l xususida o‘zaro fikr almashish uchun “Jahon” axborot agentligining muxbirlari bilan bajonudil suhbat qurmoqdalar. Jumladan, quyidagi suhbatda Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Huseyn Guliyev o‘zbek xalqiga o‘zining samimiy qutlovlarini izhor etar ekan, mamlakatimizning mustaqil rivojlanish yillari davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan bildirgan mulohazalari o‘z aksini topgan.

Hurmatli elchi janoblari, hademay O‘zbekistonda mustaqilligimizning 25 yilligini nishonlanadi. Yurtimizda davlat va jamiyat qurilishi sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar to‘g‘risidagi fikrlaringizni bildirsangiz mamnun bo‘lar edik...

- Mustaqil taraqqiyot yillari mobaynida O‘zbekistonda keng ko‘lamli ma'muriy islohotlar hayotga tadbiq etildi - davlat va xo‘jalik boshqaruvi tizimi modernizatsiyalashdi va yangilandi, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil etildi. Ijtimoiy-siyosiy tizimdagi tub o‘zgarishlar muvaffaqiyatli olib borilgani tufayli mamlakatning jadal va barqaror rivojlanishi ta'minlandi, yangi milliy davlatchilik poydevori shakllandi, demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi.

- Iqtisodiy rivojlanish har qanday davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sizning fikringizcha, o‘zbek iqtisodiyotining o‘suvchanligini qanday chora-tadbirlar ta'minlamoqda?

- Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatingiz erishgan marralar eng avvalo, iqtisodiyotni isloh qilish, liberallashtirish va modernizatsiyalash, uning tizimlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha o‘z vaqtida boshlangan vazmin, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolni ko‘zlagan siyosatning natijasidir.

Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘zbek modeli o‘zini amalda to‘la oqladi. Hyech kimga sir emaski, bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlari O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi tajribasini, jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish va yumshatish yuzasidan Inqirozga qarshi choralar dasturini o‘rganmoqda.

Menimcha, iqtisodiyotning turli jabhalariga xorijiy sarmoyalarning keng ko‘lamda jalb etilishi, mahsulot eksporti salohiyati va hajmlarining oshirilishi, puxta o‘ylangan pul-moliya siyosati o‘zbek iqtisodiyotining o‘sishiga muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

- Elchi janoblari, O‘zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qanday baholaysiz?

- An'anaga ko‘ra, har bir yil O‘zbekistonda muayyan ijtimoiy yo‘nalishga bag‘ishlangani holda, o‘sha sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli va samarali ishlar amalga oshiriladi. Davlat rahbari tashabbusi bilan 2016 yil mamlakatda “Sog‘lom ona va bola yili”, deb e'lon qilindi. Davlat yana bir bor o‘zining kuchli ijtimoiy siyosatga hamda “inson - oliy qadriyat” g‘oyasiga to‘la sodiq ekanligini namoyon qildi.

Sog‘lom va ahil oila mustahkam kelajakning poydevori ekanligi hisobga olingan holda bu omilga ijtimoiy siyosatdagi ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan vazifa sifatida e'tibor qaratilmoqda. Ishonchim komilki, shuning munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi bu jabhada yangi marralarni zabt etish imkonini beradi.

- O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elatlar vakillari istiqomat qilishadi. Sizning fikringizcha, jamiyatda tolerantlik muhitining barqarorligiga qanday omillar o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda?

- Mamlakatda 130 dan ziyod millat va elatlar vakillarining ahil yashayotganining o‘ziyoq millatlararo hamjihatlikning yorqin namunasidir. O‘zbekiston - ko‘p millatli va turli dinlarga e'tiqod qiladigan ko‘pgina etnik guruhlar o‘zaro tinchlik va birdamlikda istiqomat qiladigan mamlakat hisoblanadi.

Sifat jihatdan bunday darajaga erishish mamlakat rahbariyatining insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar asosida olib borayotgan milliy siyosatining natijasidir.

Rasmiy statistika ma'lumotlarida qayd etilishicha, O‘zbekistonda qariyb 40 ming ozarbayjon millatiga mansub aholi istiqomat qiladi. Ular respublikaning Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo , Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida hamda Toshkent shahrida yashashadi. Shunisi quvonarliki, ular O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti, sanoati, ilm-fani va madaniyati rivojlanishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.

- Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari haqidagi fikr va baholaringizni o‘rtoqlashsangiz...

- Mustaqillikka erishganidan so‘ng qisqa davr ichida O‘zbekiston dunyoda o‘z o‘rnini egallab, jahon hamjamiyatining, ko‘pgina xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a'zosi bo‘ldi. Qudratli insoniy va resurslar salohiyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston mintaqaning markaziy davlati hisoblanadiki, biron-bir muhim masala uning ishtirokisiz hal qilinishi mumkin emas.

Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar izchil va samaradorlik bilan rivojlanmoqda. O‘tgan 25 yil ichida ular strategik sheriklikdek baholanmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zoligiga saylanishi chog‘ida mamlakatimizni faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Ozarbayjon O‘zbekistondan minnatdor. Biz, o‘z tomonimizdan O‘zbekistonni barcha xalqaro tashkilotlarda hamisha qo‘llab-quvvatlaganmiz va bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaymiz.

- Tobora yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ bayram munosabati bilan O‘zbekiston aholisiga tilaklaringiz...

- Ushbu ajoyib imkoniyatdan foydalanib, mustaqillikning yubiley bayrami munosabati bilan qardosh O‘zbekiston xalqiga bajonudil o‘zimning eng ezgu, eng iliq tilaklarimni yo‘llayman. Kelajakdagi barcha ishlarga chin dilimdan muvaffaqiyatlar, baxtu iqbol, tinchlik-farovonlik, har bir oilaga to‘kinlik va qut-baraka tilayman.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба