Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1952 yil 15 aprel kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tavallud topgan. Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasi, Toshkent islom instituti, Liviya islom universiteti kabi nufuzli islom dorulfununlarida tahsil olgan.

Ko‘p yillar davomida Toshkent islom instituti, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasida ishlab kelgan. So‘nggi yillarda islom ma’rifatiga bag‘ishlangan ijodiy ishlar bilan shug‘ullangan. “Imon”, “Ixtiloflar haqida”, “Din nasihatdir”, “Sunniy aqiydalar”, “Hadis va hayot”, “Tafsiri hilol”, “Oltin silsila” hadislar to‘plami kabi ko‘plab kitoblarning muallifi bo‘lib, mazkur asarlarning aksariyati turli tillarga tarjima qilinib, nashr etilgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qator xalqaro islom tashkilotlari, jumladan:

- Makka shahridagi Islom olami uyushmasining ta’sis majlisi a’zosi;

- Dunyo tasavvuf uyushmasi a’zosi;

- Dunyo musulmonlar ulamolari kengashi a’zosi;

- Islomobod shahridagi Butundunyo islom uyushmasi a’zosi;

- Dunyo masjidlari uyushmasi a’zosi;

- Iordaniyadagi Oli Bayt tashkilotiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a’zosi hisoblangan edi.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба