Lina Cheryazova

Lina Cheryazova - 1968 yilning 1 noyabrida Toshkentda tug‘ilgan. Fristayl bo‘yicha jahon chempioni, ikki karra jahon kubogi g‘olibi, Lillexammer olimpiadasi chempioni. "Uzbekistan Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi", "Uzbekistan iftixori" faxriy unvonlari bilan takdirlangan. Matonatli Linaning sport yo‘li kishini hayratga soladi.

Lina 7 yoshidan gimnastika, 12 yoshidan boshlab 18 yoshigacha akrobatika bilan shug‘ullangan. Akrobatika bo‘yicha Uzbekistan chempioni.
Lina o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, sportning qishki turi - chang‘i uchish - fristaylda o‘z imkoniyatlarini yuzaga chikarishga bel bog‘ladi U qiya tramplindan chang‘ida katta tezlikda tushish, so‘ng qayrilmadan parvoz etib, 15-20 metr balandlikda aylanish, havoda har xil mashqlarni bajarish, qorga ohista qo‘nish bexatar emasligini tushungani holda shu mashaqqatli yo‘lni tanladi.
Oradan sakkiz yil o‘tgach, quyoshli Uzbekistan vakili bo‘lgan bu qiz 26 yoshida dunyoni lol qoldirib, qishki olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lishini hech kim xayoliga keltirmagan edi, albatta.
1990 yili Evropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritishi uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi. 1993 yili u jahon chempioni hamda jahon kubogi sohibi bo‘ldi.
Lina Cheryazova 1994 yili jarohatlangan bo‘lishiga qaramay Lillexammer Olimpiadasida qatnashdi va havoda uch marta aylanadi-gan murakkab dasturni bajarib, mislsiz g‘alabaga erishdi! Uning bu muvaffaqiyati mustaqil Uzbekistan sportchilarining olimpi adada qo‘lga kiritgan birinchi oltin medali sifatida tariximizdan munosib o‘rin oldi.
Jahon kubogi musobaqalarida g‘oliblik uchun kurash olib borayotgan paytda unga onasi vafot etganligini ma’lum qilishdi. U jismoniy va ma’naviy og‘ir zarbaga dosh berib, jahon kubogi musobakalarini oxirigacha davom ettirdi va g‘alaba qozondi. Toshkentga qaytib kelgach, yana mashg‘ulotlarga kirishdi. Ezda AQShning Leyk-Plesiddagi sport maskanida mashq bajarayotib, og‘ir jarohat oldi. Shifoxonada ikki hafta hushsiz yotdi va sogaygach, dunyo ahlini hayratga solib yana katta sportga qaytdi.
Lina Cheryazova 1996 yili Xartindagi Osiyo o‘yinlarida, 1998 yili Nagano olimpiadasida ishtirok etdi. Quyoshli yurt qizining jumlai jahonda qor malikasi deb tan olinishi, ogir ruhiy va jismoniy jarohatlarni pisand etmay, shunday nufuzli musobaqalarda qatna-shishi va g‘oliblikka da’vogarlik qilishining o‘zi tengsiz mo‘’jiza, inson matonati haqidagi dostondir.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба