Chori Rajabov

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan Chori Rajabov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatni 1996-yilda boshladi. 2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida Vatanimiz sarhadlariga bostirib kirgan xalqaro terrorchi to‘dalarni qidirish va ularga zarba berish harakatlarida faol qatnashdi.

...2000-yil 16-sentabr. Chori Rajabov maxsus guruh tarkibida navbatdagi razvedka qidiruv tadbirlarini bajarishga tayinlandi. Tog‘li hududning murakkab sharoitlarida safdoshlari bilan birga jangovar topshiriqni yuksak saviyada ado etishda katta leytenant Ch.Rajabov mardlarcha halok bo‘ldi. Uning el-yurt tinch-osuda hayotini himoya qilish yo‘lida ko‘rsatgan yuksak jasorati hech qachon qalblardan o‘chmaydi, oila a’zolari doimo davlatimiz ardog‘ida.

Mamlakatimizda o‘zining xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning oila a’zolariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yaxshi an’anaga aylangan. Prezidentimizning shu yil 4-apreldagi "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq mustaqillik yillarida yurtimiz xavfsizligi, xalqimizning tinchlik-osoyishtaligini himoya qilishda mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolaridan xabar olish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri poytaxtimizning Olmazor tumanida bo‘lib o‘tdi. Harbiy xizmatchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari marhum Chori Rajabov xonadonida bo‘ldi. Mudofaa vaziri o‘rinbosari M.Soliyev va boshqalar Ch.Rajabovning oila a’zolarini bayram bilan tabrikladi, ularga moddiy yordam, sovg‘a-salomlar topshirdi.

– Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va mehr-muruvvat ko‘nglimizni tog‘dek ko‘tardi, – deydi Ch.Rajabovning turmush o‘rtog‘i Zamira Hasanova. – Vatanimizning kundan-kun chiroy ochib, xalqaro miqyosda obro‘-e’tibori yuksalib borayotgani, turli sohalarda ulkan marralarga erishilayotgani, xalqimizning turmush darajasi va hayotga bo‘lgan qarashi o‘zgarayotgani – barcha-barchasi, avvalo, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, osmonimiz musaffoligidandir. Turmush o‘rtog‘im shunday sharafli kasb egasi bo‘lganidan faxrlanamiz. Ikki farzandim bilan hech qaysi oiladan kam bo‘lmay yashamoqdamiz. Qizlarim mamlakatimizning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydi. Bizni qadrlagan insonlarning o‘zlari ham doimo elimiz ardog‘ida bo‘lsin, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalikka ko‘z tegmasin.

– Dadamdan ajralib qolganimizda 6 yoshda edim, – deydi katta qizi Feruza Rajabova. – Ularning mehribon, hamisha kulib turadigan ko‘zlari, shirin so‘zlari qalbimizda muhrlanib qolgan. Biz sizni hech qachon unutmaymiz, dadajon!

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба