Zuhriddin G‘ulomov

Mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimizga xos bag‘rikenglik, hamjihatlik va mehr-oqibat kabi yuksak fazilatlarni ulug‘lash, aholi, ayniqsa, navqiron avlod ongi va qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda, birinchi navbatda, o‘tganlarni xotirlash, ularning jasorat va sadoqatga yo‘g‘rilgan hayot yo‘lini ibrat maktabi sifatida ulug‘lashga alohida e’tibor qaratilayotir. Bugungi tinch-osoyishta va obod turmushimizni ta’minlashda faol ishtirok etgan keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Prezidentimizning 2017 yil 4 apreldagi "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmoni hamda "Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida joylarda urush qatnashchilari, xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.

Farg‘ona viloyatida ham bu borada turli tadbirlar o‘tkazilayotir. Mustaqillik yillarida xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan harbiylarning jasorati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, xalqimiz doimo yod etmoqda.

Mayor Zuhriddin G‘ulomov o‘ziga yuklatilgan har qanday topshiriq va vazifani sharaf bilan uddalardi. Umrining oxiriga qadar yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini asrash yo‘lida sidqidildan xizmat qildi. Endi 30 bahorni qarshi olgan buvaydalik o‘g‘lon Vatanimiz sarhadlari himoyasi yo‘lida aziz jonini fido etdi.

Xotira va qadrlash kuni oldidan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari keng jamoatchilik vakillari bilan Zuhriddin G‘ulomov xonadonida bo‘lib, oila a’zolariga sovg‘alar topshirdi.

– Xizmat burchini o‘tash chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan chegara qo‘shinlari ofitseri Zuhriddin G‘ulomov o‘zidan unutilmas nom qoldirib ketdi, – dedi podpolkovnik R.Rajabov. – Vatanparvarligi, oilaparvarligi bilan hamkasblariga o‘rnak edi. So‘nggi nafasigacha o‘z qasamyodiga sodiq qoldi, haqiqiy chegarachi ekanini isbotladi.

Yaqinda Chegara qo‘shinlari ofitseri, mayor Zuhriddin G‘ulomovning jasorati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, “Jasorat” medali bilan mukofotlandi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil”, “O‘zbekiston Respublikasi MXX Chegara qo‘shinlariga 25 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotlar uning oila a’zolariga topshirildi.

– Ona uchun jigarbandini tuproqqa qo‘yishdan og‘ir musibat yo‘q, – deydi Muharram G‘ulomova. – Xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan o‘g‘lim Zuhriddinjonning nomini abadiylashtirish, uning jasoratini qadrlash yuzasidan davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘nglimga taskin beradi. Xotira va qadrlash kuni oldidan xonadonimizga kelishgani menga kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

Shu kunlarda Buvayda tumanidagi 12-umumta’lim maktabi hovlisiga qahramon chegarachi xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan memorial lavha poyi anvoyi gullarga burkanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tomonidan ta’lim maskanida tashkil etilgan xotira burchagidagi ma’lumotlar, fotolavhalar bilan tanishish uchun qishloq ahli, Zuhriddinning sinfdoshlari, ustozlari, yoshlar, harbiy do‘stlari maktabga tez-tez kelib turishadi.

Maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda Poshshopirim qishlog‘ida ulg‘aygan, Zuhriddin G‘ulomovning jasurligi va qahramonligi haqida so‘z yuritildi. Bunday tadbirlar aholi, ayniqsa, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirish, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilishga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

N. Yusupov olgan surat.

Saytidagi o'zgarishlar
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба