2023

O‘zbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq maʼlumotlar reytingida 66 ball bilan (https://odin.opendatawatch.com/Report/countryProfileUpdated/UZB?year=2022) 40-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.

Open Data Inventory (ODIN) – rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq maʼlumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari bilan maʼlumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.

Statistika agentligi Open Data Watch tashkiloti bilan 2019-yildan boshlab, YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Open Data Inventory (ODIN) reytingida:

— 2015-yilda 125 ta mamlakat orasida 3 ball bilan 125-o‘rinni;

— 2016-yilda 173 ta mamlakat orasida 13 ball bilan 168-o‘rinni;

— 2017-yilda 180 ta mamlakat orasida 18 ball bilan 167-o‘rinni;

— 2018-yilda 178 ta mamlakat orasida 19 ball bilan 168-o‘rinni;

— 2020-yilda 187 ta mamlakat orasida 63 ball bilan 44-o‘rinni egallagan.

2022
Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili

Butunjahon shaxmat olimpiadasining final bosqichida O‘zbekiston Gollandiya terma jamoasini mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi.

O‘zbekiston terma jamoasi 11 tur yakuniga ko‘ra, 19 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab, mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa maqomini saqlab qoldi.

2019
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot va ijtimoiy sohalardagi islohotlari uchun AQSHning “StrategEast” markazi tomonidan taqdirlandi.

Bu haqda mazkur siyosiy va diplomatik yechimlar notijorat markazining rasmiy saytida xabar qilindi.

Prezidentimiz ushbu tashkilotning “StrategEast Westernization Award — 2018” mukofotiga mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya iqlimini yaxshilash, qonun ustuvorligi va xususiy mulk himoyasini taʼminlash sohasidagi xizmatlari uchun loyiq topilgan. Bundan tashqari, Yurtboshimizning chegaraoldi muammolariga yechim topish hamda qoʻshni davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi alohida taʼkidlangan.

“StrategEast” markazi Vashington shahrida joylashgan boʻlib, mazkur notijorat tashkilotining faoliyati postsovet davlatlarini ularning Gʻarb siyosiy va ishbilarmon doiralar bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashish maqsadida tadqiq etishga yoʻnaltirilgan.

xs.uz

Buxoroda oʻtkazilgan Ziyorat turizmi boʻyicha I Xalqaro forum bo'lib o'tdi.

Xalqaro forum doirasida Oʻzbekistonning ziyorat turizm markazlaridan biri sifatida tan olinishiga doir Buxoro deklaratsiyasini imzolashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda vazirlik va idoralar, xalqaro toifadagi mehmonlar va tadbir ishtirokchilari, shu bilan birga, mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etishdi.

Taʼkidlash joizki, Buxoro deklaratsiyasining imzolanishi Oʻzbekiston tarixidagi muhim hodisadir. Ekspertlarning fikricha, bu hujjatning imzolanishi respublikada sayyohlik infratuzilmasining rivojlanishiga va umuman turistik oqimning yanada koʻpayishiga kuchli turtki beradi.

2018
Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Bu gʻoyani BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan 72-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklif etgan edi.

Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi fuqarolarning taʼlim olish huquqini taʼminlash orqali dunyoda savodsizlik va jaholatga barham berish, bagʻrikenglik, oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni, eʼtiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashish kabi fundamental umuminsoniy tamoyillarning dunyoviy ustuvorligiga erishishga qaratilgan. Ushbu xalqaro aktning mazmun-mohiyati BMT doirasida qabul qilingan eng muhim hujjatlar, jumladan, BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Din yoki eʼtiqodlar zamiridagi murosasizlik va kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi deklaratsiya kabi xalqaro hujjatlarga toʻliq hamohangdir.

Oʻzbekiston tashabbusi BMT aʼzolari tomonidan mutlaq yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangani quvonchli hol, albatta. Masalaning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, ellikdan ortiq davlatlar, jumladan, islom dinining ona diyori – Saudiya Arabistoni ham mamlakatimiz taklif etgan hujjatga hammuallif boʻlish istagini bildirdi. Tarixdan xabardor kishilar bunday voqea oxirgi yuz yilliklar davomida ilk bor kuzatilayotganini yaxshi tushunadilar. Demak, Oʻzbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan hujjatning olamshumul ahamiyati yanada oydinlashadi.

Taʼkidlash lozimki, bugungi ziddiyatlarga toʻla tahlikali zamonda biron-bir masalada xalqaro hamjamiyatning mutlaq yakdilligiga erishish deyarli imkonsiz boʻlib qoldi. Din bilan bogʻliq masalalarda esa bu jihat undan-da qiyinroq. Bunga koʻplab misollar keltirish mumkin. Pravoslav xristianlar dunyosida sodir boʻlayotgan va tobora chuqurlashib borayotgan boʻlinish, shuningdek, musulmon dunyosida ham kuzatilayotgan ayrim ixtilofli vaziyatlar bu fikrni tasdiqlab turibdi. Ana shunday sharoitlarda diniy qadriyatlarga bevosita daxldor masala boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan hujjatning xalqaro miqyosda mutlaq yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlangani ibratlidir.

Oʻzbekiston rahbari tashabbusining xalqaro hamjamiyat tomonidan qizgʻin qoʻllab-quvvatlangani tasodifiy hol emas, albatta. Bunday hamfikrlikni taʼminlagan bir necha jihatlarni izohlash oʻrinli. Birinchidan, rezolyutsiyada bugungi dunyo uchun eng muhim boʻlgan hayotiy masalalardan bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlgan ikkitasi – maʼrifatni rivojlantirish zarurati hamda turfa dinlar va millatlardan iborat xalqaro hamjamiyatda “bagʻrikenglik” qadriyatlar – barcha mamlakatlar manfaatlariga mos tarzda oʻz ifodasini topishi. Ikkinchidan, ushbu masalaning, bugungi zamon taqozo etayotgan bir vaqtda, xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga havola qilingani. Uchinchidan, mazkur hassos hayotiy gʻoya xalqaro hamjamiyat aʼzolari eʼtiroziga sabab boʻlmaydigan shaklda rasmiylashtirilganidir.

Fursatdan foydalanib, yana bir masalaga diqqatni jalb etishni istar edik. “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” rezolyutsiyasi oxirgi bir yil davomida Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT tomonidan qabul qilingan ikkinchi xalqaro hujjatdir. Bundan oldinroq, yaʼni 2018 yilning 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash“ rezolyutsiyasi qabul qilingan edi. Uning loyihasi Oʻzbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgani yaxshi maʼlum. Ushbu hujjat ham BMTga aʼzo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi. Aytish oʻrinliki, bu tashabbus ham Oʻzbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan. Mazkur gʻoya keyinchalik BMT shafeligida 2017 yilning noyabrida Samarqandda oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik“ mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi Prezidentimiz nutqida yanada chuqurroq asoslantirilgani yaxshi maʼlum. Mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi mazkur konferensiya yakunlari boʻyicha BMTning yuqorida zikr etilgan Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligini taʼminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etilgani barchamizga maʼlumdir ehtimol. Oʻshanda Oʻzbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari nomidan BMTga kiritilgan rezolyutsiya loyihasi qisqa muddat ichida toʻlaqonli xalqaro huquqiy hujjatga aylandi.

Taʼkidlash joizki, keyingi ikki yil davomida Oʻzbekistonda diniy-maʼnaviy sohada sodir boʻlayotgan tub oʻzgarishlar xalqaro hamjamiyatning eʼtiborini jalb qilib, uning eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda. Pirovarida, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabat tubdan ijobiy oʻzgarmoqda. Qisqa muddat ichida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan bir emas, ikkita tashabbusning BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlangani buning yaqqol isbotidir.

Bayon etilganlardan chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, davlatimiz rahbarining faol tashabbuskorligi har bir fuqaro uchun ibrat maktabi boʻlishi kerak. Modomiki Prezidentimiz saʼy-harakatlari tufayli xalqaro hamjamiyatning Oʻzbekistonga boʻlgan munosabati jadal oʻzgarib borayotgan ekan, biz – barchamiz bu kabi hayotbaxsh jarayonlardan tashqarida qolishimiz mumkin emas.

Prezidentimiz tashabbusi bilan taʼsis etilgan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ham mamlakatimizda kechayotgan tub oʻzgarishlar, ayniqsa, diniy-maʼnaviy jarayonlarning faol ishtirokchilari qatorida boʻlishga intilmoqda. Bunda dunyomiz taraqqiyotining oʻziga xos jihatlaridan biri ­– izchil kengayib borayotgan globallashuv fenomeni diniy-maʼnaviy hayotni ham qamrab olayotgani muntazam eʼtiborimizda boʻlishi shart. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarning sifatli ijrosi xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish bilan uzviy bogʻliq ekanini yaxshi idrok etamiz. Shunga muvofiq, akademiya faoliyati boshlangan paytdan buyon oʻtgan qisqa davrda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Misrning Al-Azhar, Ayn Shams, universitetlari, “Hivor” ilmiy-tahliliy markazi, Turkiyaning Zaym, Saljuq, Ibn Xaldun va Kastamonu, Indoneziyaning Sulton Sharif Qosim va Sahid, Malayziyaning Islom fanlari universitetlari, Saudiya Arabistoni Podshohligi, BAA, AQSH, Germaniya, Xitoy, Avstraliya, Rossiya va Qozogʻiston kabi mamlakatlarning turdosh oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda yetakchi islomshunoslari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Joriy yilning oktyabr oyida Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari, shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida boʻldi. Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlari belgilab olindi. Mazkur hamkorlik doirasida misrlik mutaxassislar oʻzbekistonlik talabalarga arab tilidan dars bermoqda.

Akademiya jamoasi 2019 yilda ham xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratishni rejalashtirmoqda. Jumladan, Misr Arab Respublikasiga borishi rejalashtirilayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibiga akademiya vakillari ham kiritilgan. Boʻlajak ziyorat davomida, Misrning yana bir qator nufuzli oliy taʼlim, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish maqsad qilingan.

Zahidullo Munavvarov,

Oʻzbekiston xalqaro islom

akademiyasi kafedra mudiri,

siyosiy fanlar doktori, professor

Birinchi bo‘limning 8-daqiqasida Dostonbek Hamdamov burchakdan to‘pni Rustamjon Ashurmatovga uzatdi va himoyachimiz ushbu vaziyatdan unumli foydalanib, to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Hisob – 1:0. 41-daqiqada darvozamiz tomon qo‘yilgan jarima to‘pini vyetnamlik Nguyen Kuang Xai muvaffaqiyatli amalga oshirdi va hisobni 1:1 ko‘rinishiga olib keldi.

“Qor jangi”ning ikkinchi bo‘limini futbolchilarimiz ko‘k libosda o‘tkazdi. Ushbu taymda har ikkala jamoa vakillari qator hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, ammo hisob ochilmadi. Shu tariqa asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi.

Qo‘shimcha vaqtning ikkinchi bo‘limi yakunlanishiga bir daqiqa qolganida burchakdan oshirilgan to‘pni Andrey Sidorov darvoza tomon oyog‘i bilan yo‘lladi va terma jamoamizning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempioniga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Jumladan, Turkiyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri - “Derin Ekonomi” jurnalining sharhlovchilari O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o’z mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar o’zgarishiga sezilarli ta'sir ko’rsatishga qodir bo’lgan jahonning birinchi o’n nafar yetakchisi ro’yxatiga kiritdilar.

“Derin Ekonomi” jurnali reytingi Turkiyadagi boshqa bir yetakchi nashr - “Yeni Şafak” gazetasi tomonidan ham ko’chirib bosildi.

Mazkur ro’yxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan o’z mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni o’zgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta'sir ko’rsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining “nyusmeykeri”, ya'ni ularning diqqat-e'tibori ob'yekti bo’lib qolayotgan yetakchilar nomlari joy oldi.

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Sh.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan birinchi kunlardanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, “har yerda hoziru nozir” bo’lgan huquq-tartibоt idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy e'tiqod erkinligini ta'minlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tadbiq etmoqda.

Ta'kidlanganidek, yangi rahbariyat boshchiligida O’zbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yo’naltirilgan o’ta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi.

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yo’lini tutgani Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta e'tiborga munosib qadamlaridan biri bo’ldi.

Turk nashrlarida qayd etilishicha, mazkur reytingdan joy olgan o’n mamlakat yetakchilarining ismi shariflari, ehtimol, shu paytga qadar jahon hamjamiyati uchun taniqli bo’lmagan, biroq 2018 yili ular “har bir kishiga o’zlarini tanitishadi”.

«Jahon» AA, Anqara

Manba: “Jahon” axborot agentligi

2017
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoamizni vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali ravishda kutib oldi.

Bokschilarimizning bu g‘alabasi mamlakatimizda yosh avlodning jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, o‘z iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan keng sharoitlar yuksak samaralar berayotganining yana bir isbotidir.

Germaniyada o‘tgan nufuzli musobaqada 85 davlatdan 280 bokschi sovrinli o‘rinlar uchun bellashdi. Unda sportchilarimiz O‘zbekiston boks maktabi salohiyatini yana bir karra namoyish etdi.

– Xalqaro maydondagi nufuzli musobaqalarda qatnashayotgan har bir sportchimiz ortida o‘zini mana shu darajaga yetkazgan Vatanimiz, xalqimiz turganini, yaratilayotgan sharoitlarning barchasi istiqlolimiz sharofatidan ekanini chin dildan his qiladi, – deydi boks bo‘yicha jahon chempioni Sh.G‘iyosov. – Mana shu tuyg‘u biz, sportchilarga katta kuch-quvvat va ishonch beradi. Jahon chempionatidagi g‘alabamizni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlaymiz.

Xabar qilganimizdek, Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov, Jasur Latipov kumush, Sanjar Tursunov va Bektemir Meliqo‘ziyev bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Bayram Aytmurodov, Javohir Toshxo‘jayev, Muhammad Amin (surat), O‘zA

Dunyo sport gimnastikasining tirik afsonasi, Olimpiya o‘yinlarining yetti karra ishtirokchisi, Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlari chempioni Oksana Chusovitina Xalqaro gimnastika Shon-sharaf zalidan o‘rin oldi. Tantanali marosim AQShning Oklaxoma shtatida bo‘lib o‘tdi.

Chusovitina bilan birgalikda Shon-sharaf zalidan shuningdek, yaponiyalik Syun Fudzimoto, amerikalik Alisiya Sakramone va rossiyalik Aleksey Nemovlar ham o‘rin egallashdi. E’tiborlisi, Oksana professional faoliyatini tugatmasdan turib Shon-sharaf zalidan o‘rin olgan birinchi gimnastikachi bo‘lib tarixga kirdi.

AQShda joylashgan Xalqaro Gimnastika Shon-sharaf zaliga bunga qadar jami 22 ta mamlakatdan 91 nafar sportchi kiritilgan bo‘lib, hamyurtimizdan tashqari boshqa barcha sportchilar faoliyatlarini yakunlaganlaridan so‘ng bunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishgandi.

Oksana Chusovitina 2016 yil oxirida sport gimnastikasi tarixida yettita Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan birinchi ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgandi. Faoliyati davomida Chusovitina uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempionligi bilan birgalikda Barselona-1992 Olimpiya o‘yinlarida oltin, Pekin-2008 Olimpiya o‘yinlarida esa kumush medallarga sazovor bo‘lgan. Shu yilning o‘zida Oksana Baku (Ozarbayjon) va Doxa (Qatar) shaharlarida bo‘lib o‘tgan jahon kubogi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Ozarbayjon poytaxtida tashkil etilgan IV “Islom birdamlik o‘yinlari”da oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ayni paytda yurtdoshimiz o‘zining 42 yoshida joriy yilning oktabr oyida Kanadaning Monreal shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga hozirlik ko‘rmoqda. Unga qadar Chusovitina sentabr oyida Vengriya va Fransiyada bo‘lib o‘tadigan va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, “Mehnat Shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlarining sohibi Oksana Chusovitina bilan xaqli ravishda faxrlanadi va unga kelgusi faoliyatida ham omad va muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

www.olympic.uz

Har yili 20 martda butun sayyoramiz bo‘ylab Xalqaro baxt kuni keng nishonlanadi. Shunisi e’tiborliki, BMT Bosh assambleyasi ta’sis etgan mazkur sana aynan diyorimizda har bir inson qalbida ezgulik chechagi nish urgan, Navro‘z munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalar avjiga chiqqan kunlarga to‘g‘ri keladi.

BMT buyurtmasiga ko‘ra, Xalqaro baxt kuniga atab tayyorlanadigan “World Happiness Report” (“Jahon baxt hisoboti”)da qayd etilishicha, O‘zbekiston keyingi o‘n yillikda farovonlik o‘sishi ko‘rsatkichida muntazam kuchli o‘nlikdan joy olmoqda.

Bu 2017 yilning eng baxtli mamlakatlari ro‘yxatida ham istisno bo‘lmadi. Yurtimiz o‘tgan yildagiga nisbatan ikki pog‘ona yuqori ko‘tarilib, 155 davlat orasida 47-o‘rinni egalladi. Mazkur ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston MDH, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, qolaversa, Italiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Gonkong, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlardan ham ilgarilab ketdi.

Ekspertlar reytingdagi barcha mamlakatning turmush darajasini o‘rganib chiqishdi. Bu tadqiqotda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, fuqarolarni davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash, umr davomiyligi, muhim qarorlarni mustaqil qabul qilish imkoniyati darajalari hamda boshqa hayotiy mezonlar hisobga olindi. Kuzatuvchilar ro‘yxatning yuqori qismidan o‘rin egallagan mamlakatlarda baxt-saodat asosi hisoblanmish aholi uchun g‘amxo‘rlik, erkinlik, bag‘rikenglik, halollik, salomatlik, daromadga ega bo‘lish va yaxshi boshqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlar yuksak baholanganligini ta’kidlashdi. Yana bir muhim omil ish o‘rnining mavjudligi hamda uning sifatiga qaratilganidir.

Reytingning ilk uch o‘rnini Norvegiya, Daniya va Islandiya band etgan, Shveysariya, Finlyandiya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya hamda Shvetsiya dastlabki o‘nlikdan joy olgan. Ro‘yxatning poyonini Ruanda, Suriya, Tanzaniya, Burundi va Markaziy Afrika Respublikasi yakunlagan.

R. Alisherov

Ro‘yxatni hayajon bilan ko‘zdan kechira boshladim. Qani bizning azamat?! Birinchi elliktalikda Osiyodan uch vakil: Yaponiya, O‘zbekiston va Hindiston. MDH davlatlaridan esa yagona nomzod O‘zbekistondan! Dunyoning 100 eng kuchli yosh iqtisodchilari orasida Angliya banki, Garvard, Stenford universitetlari, Parij Iqtisod maktabi nomzodlarini ortda qoldirib, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti iqtisod fani o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jayev 32-o‘rinda turibdi.

Mamlakatimiz sha’niga qo‘shilgan munosib hissa, umummamlakat muvaffaqiyatidan shodlanib, Sharq renessansiga xayolim ketdi. IX asrdan XIII asrning o‘rtalarigacha davom etgan ilk Uyg‘onish davrida ilm-fan uch yo‘nalishda rivojlangan. Ulardan biri matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo, Ibn Sino, Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdi. Aql-zakosi bilan Markaziy osiyolik allomalar jahon tamadduni beshigiga benazir dur qadadi.

Dilga shodlik ingani bejiz emas. Zamondoshimiz Xorazmiy yoqqan olovni qayta alangalatdi. Hali o‘ttiz yoshni qarshilamagan qahramonimiz makroiqtisoddagi yangi yo‘nalish «Iqtisodiy o‘sishning chuqur omillari» bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan. Ilmiy ishi davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida intellektual kapital va bozor institutlarining rolini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Raufxonning 20 ga yaqin ilmiy maqolasi «Intelligence», «Kyklos», «Environmental Research» kabi dunyoning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan, «Forbes» agentligi, «National Policy» instituti tomonidan yuqori baholangan.

Yosh iqtisodchi olim 2012 yili AQShning «Fulbright» stipendiyasi g‘olibi bo‘lib, Nyu-York davlat universitetida iqtisod magistri ilmiy darajasini olgan. Hozir ta’lim dargohida muallimlik qilish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida katta ilmiy xodim hamdir.

Raufxon Salaxo‘jayevning muvaffaqiyati Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti uchun London Iqtisod maktabi (Buyuk Britaniya), Angliya banki va Braun universiteti kabi nufuzli ilmiy markazlar qatoriga kirishga yo‘l ochdi. O‘zbekistonning ushbu reytingdagi ishtiroki mamlakatimiz nufuzi, ilmiy salohiyatiga baho berish, uning kelajakdagi iqtisodiy rivojiga ta’sir etishi shubhasiz.

Mazkur reyting RePEc (Research Papers in Economics) «Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy maqolalar» tashkiloti tomonidan tuziladi, loyihani AQShdagi Federal rezerv banki tadqiqotlar bo‘limi muvofiqlashtiradi va dunyo bo‘ylab 50 mingdan ortiq iqtisodchilar faoliyati kuzatib boriladi. RePEc maqolalarga keltirilgan iqtiboslar, chop etilgan jurnal nufuzi kabi kategoriyalarga asoslanib, turli toifalar bo‘yicha eng yaxshi iqtisodchilar reytingini tuzadi. Reytingda asosan Garvard, Yel universitetlari, London iqtisod maktabi bitiruvchilari va xodimlari ustun turgan.

Raufxonning yutug‘i kelgusidagi zafarlariga debocha bo‘lsin!

Sevara Alijonova, O‘zA

2016
Sog‘lom ona va bola yili

2016-yilning 18-19-oktabr kunlari Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya yakunlariga ko‘ra Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjat IHTning obro‘li va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan bir qatorda o‘zining munosib o‘rniga egaligini ta’kidlaydi hamda musulmon ummati birligini ta’minlash, mustahkam tinchlik va xavfsizlikni o‘rnatish, a’zo davlatlarga barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga chaqiradi.

TIVK Falastin va Al-Quddus Ash-Sharifni, Falastin xalqining qonuniy va dahlsiz huquqlarini, Yaqin Sharqda tartib o‘rnatish bo‘yicha tinchlik tashabbuslarini hamda Falastin qochoqlari muammolarini adolatli va BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyutsiyalari va xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinishini yana bir bor to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

IHTga a’zo davlatlar Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyatni BMT Nizomidagi tamoyillar va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq ravishda inqirozlarni siyosiy yo‘l bilan tartibga solish orqali zudlik bilan barqarorlashtirish zarurligi to‘g‘risida yagona fikrga egadirlar.

Afg‘onistondagi vaziyatga xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb etgan holda Afg‘oniston muammosiga harbiy yechim yo‘qligi yana bir bor ta’kidlandi. Afg‘onistondagi ichki ziddiyatlarni hal qilish butun xalqni yarashtirish jarayonlarini olg‘a surish orqali hamda afg‘onlar rahbarligida va afg‘onlar tomonidan amalga oshirilishi kerak deb hisoblaymiz.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar terrorizm va ekstremizmning barcha ko‘rinishlariga, narkotik moddalarning noqununiy ishlab chiqarilishi va aylanishiga, noqonuniy qurol savdosi, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish va yetkazish vositalariga qarshi kurashishning ustuvorligi ta’kidlandi. Qayd etilganidek, mazkur xavfli muammolarni yengish va bartaraf etish hamjihatlikda kurashish hamda ularning paydo bo‘lish alomatlari va ildizlarini yo‘q qilish uchun choralar ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi.

43-sessiyaning barcha ishtirokchilari terrorizm mafkurasi, zo‘ranvonlikka asoslangan ekstremizm va diniy fanatizmga qarshi kurashishning zarur vositasi sifatida muqaddas Islom dini haqidagi bilimlarni ommalashtirish zarurligini qayd etdilar.

O‘zbekistonning IHT TIVKdagi rasiligi “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” shiori ostida o‘tishini hisobga olib, Islom olamining mashxur olim va mutafakkirlarining ilmiy merosini chuqur anglash, inson kapitaliga kiritilayotgan investitsiya va mablag‘lar miqdori o‘sishini ta’minlash, ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, yosh avlodni umuminsoniy va islomiy qadriyatlarni hurmat qilish hamda zamonaviy fan cho‘qqilarini zabt etishga intilish ruhida tarbiyalash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
IHT oliy ta’lim sohasida, jumladan Ta’lim almashinuv dasturi doirasida dastur va tadbirlarni davom ettirish va yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarni jadallashtirish hamda professional tayyorgarlik uchun stipendiya va dasturlarini ta’sis etishga tayyordir.

Shu nuqtayi nazardan yangi qabul qilingan “O‘n yillik harakat dasturi: IHT – 2025”ga yuqori baho berildi. Ushbu hujjatni hayotga tadbiq etilishi XXI asrda musulmon davlatlarida savdo va investitsiya, yuqori texnologiyalarga o‘tish, xususiy sektor, sanoatlashtirish, ilmiy soha va ta’limni rivojlantirishga ko‘mak beradi.

Iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi masalalarini hal etish yuzasidan tajriba almashish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalarni amalga oshirish va infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qayta tiklanadigan energiya manbaalaridan foydalanishning milliy dasturlarini amalga oshirish va innovatsion iqtisodiyot barpo qilish bo‘yicha IHTga a’zo davlatlarning sa’y-harakatlari bir ovozdan ma’qullandi.

Kengash sog‘liqni saqlash sohasining yuqori yashash darajasini ta’minlashda va umuman jamiyat farovonligida asosiy ahamiyatga egaligini ta’kidladi hamda “2014-2023-yillarga mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash sohasida IHTning strategik harakat dasturi”n” samarali va to‘liq amalga oshirishga da’vat qildi.
Sessiya davomida IHTning mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar, ayniqsa BMT va uning institutlari bilan hamkorlik va munosabatlarini yanada chuqurlashtirish borasida Bosh kotibning sa’y-harakatlari to‘liq ma’qullandi.

O‘zbekiston Islom hamkorlik tashkilotining barcha ustuvor yo‘nalishlarini ma’qullaydi va o‘zining TIVKdagi raislik davrida belgilangan rejalarni amalga oshirish uchun harakat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Sessiya doirasida “Yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish va bunyodkorlik salohiyatini rag‘batlantirish” mavzusida maxsus yig‘ilish o‘tkazildi. Unda a’zo davlatlarning yoshlar siyosati va mazkur sohadagi hamkorlik istiqbollari masalalari yuzasidan batafsil va samarali fikr almashildi.

Shuningdek Ikki kunlik ish davomida 118 ta rezolyutsiya ham qabul qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Salomatlik reytingida O‘zbekiston MDH mamlakatlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi.

Nufuzli “The Lancet” tibbiyot jurnali tomonidan tabobat, hayot va salomatlik bilan bog‘liq barqaror rivojlanishning ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyo mamlakatlari reytingi e’lon qilindi. Unga binoan, jahondagi 188 davlat o‘rtasida O‘zbekiston 55-o‘rinni egalladi.

Bu Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Qisqacha ma’lumot: “The Lancet” — Britaniyada chop etiladigan haftalik jurnal. U tibbiyot bo‘yicha eng mashhur va eng nufuzli nashrlardan biri hisoblanadi. Lanset, ya’ni jarrohlik asbobi nomi qo‘yilgan ushbu jurnalga ingliz jarrohi Tomas Uokley tomonidan 1823 yili asos solingan. Unda muhim tadqiqotlarga oid maqolalar, kitoblar sharhlari, yangiliklar, kasalliklar tarixi hamda boshqa materiallar chop etiladi. Jurnal -tahririyatlari London, Nyu-York va Pekin shaharlarida joylashgan.

Yuqori natijani qo‘lga kiritgan dastlabki beshtalik davlatlar ro‘yxatidan Islandiya, Singapur, Shvetsiya, Andorra hamda Buyuk Britaniya joy oldi. MDH mamlakatlari orasida O‘zbekistondan keyingi o‘rinlarga Turkmaniston (60), Ozarbayjon (75), Moldova (80), Qozog‘iston (85), Armaniston (86), Tojikiston (99), Qirg‘iziston (113), Ukraina (118), Rossiya (119) va Belarus (120) munosib topilgan.

Reyting noldan (eng yomon ko‘rsatkich) yuzgacha (eng yaxshi ko‘rsatkich) bo‘lgan muqoyasada 33 ko‘rsatkich bo‘yicha umumlashtirilgan baholar hisobga olingan holda tuzilgan. Mamlakatlar o‘rinlarini belgilashda nazarda tutilgan mezonlar orasida bolalar hamda chaqaloqlar o‘limi, yo‘l-transport hodisalaridagi o‘lim, bolalardagi ortiqcha vazn, alkogol va tamaki iste’moli darajasi, odam immuniteti tanqisligi virusi (VICH), sil va V gepatiti bilan kasallanish, o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichlari mavjud. Bundan -tashqari, ekspertlar zo‘ravonlik harakatlari hamda urushlardagi o‘lim holatlarini ham hisobga olishgan. Har bir mezon bo‘yicha hisoblar 1990 — 2015 yillar oralig‘idagi vaziyatlarning tahlili asosida chiqarildi.

Masalan, “Doyalar ishtirokidagi tug‘uruqlar” mezoni bo‘yicha O‘zbekiston maksimal darajadagi bahoni, “Kasalliklar tibbiy profilaktikasi darajasi” bo‘yicha — 93, “Havo ifloslanishi tufayli kasallikka chalinish” mezoni bo‘yicha — 89, “Oilani rejalashtirish va reproduktiv yosh” bo‘yicha — 84, “CHekish” hamda “Ichishga yaroqsiz suv iste’moli bilan bog‘liq kasalliklar” mezoni bo‘yicha 81 ball to‘pladi.

“The Lancet” ushbu reytingni tuzishda 2015 yilning sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga asoslangan. Ular 17 ta global maqsadni (qashshoqlikni bartaraf etish, ochlikka barham berish, ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash va hokazo), 169 ta vazifa hamda 230 ta aniq maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni o‘z ichiga olgan. BMT rejasi bo‘yicha 15 yil mobaynida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishilmog‘i lozim.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash bo‘yicha bosqichma-bosqich diqqatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi natijasida tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, davolashning eng ilg‘or uslublari keng qo‘llanilmoqda, aholiga birinchi davolash-profilaktika yordami ko‘rsatilishining zamonaviy tizimi yaratilgan. Aholiga shoshilinch va maxsus tibbiy yordam ko‘satish tizimi izchillik bilan takomillashtirilmoqda.

Shular bilan bir qatorda, O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan tizimlari, jumladan, Aholishunoslik jamg‘armasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan aholishunoslik va reproduktiv salomatlik dasturlarini amalga oshirish, sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini yuksaltirish, onalar hamda bolalar salomatligini muhofaza etish, atrof-muhitni asrash, favqulodda vaziyatlarda ko‘mak ko‘rsatish singari sohalarda faol hamkorlik qilayotir. YuNISEF bilan o‘zaro hamkorlikda bolalar salomatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘p sonli tadbirlar, jumladan, bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularni emlash, maktablarda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish tadbirlari o‘tkazilayapti.

“The Lancet” jurnali tadqiqoti natijalari O‘zbekiston bo‘yicha boshqa nufuzli xalqaro institutlar tomonidan berilgan baholarni to‘la tasdiqlaydi. Shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, O‘zbekiston jahondagi nufuzli tashkilot — “Save the children” (“Bolalarni asraylik”) xalqaro muassasasi tomonidan tuzilgan dunyo reytingida bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan eng ilg‘or o‘n mamlakat qatoridan joy olgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” reytingida 158 mamlakat orasida 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallagan.

Darhaqiqat, “The Lancet” jurnali qayd etganidek, O‘zbekistonning ushbu yuqori reytingi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilganining yana bir tasdig‘i hisoblanadi.

Manba: “Jahon” axborot agentligi

Terma jamoamiz a’zolari 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17ta bronza medallari bilan umumiy 31ta medal jamg‘arishdi.

O‘n ikki kun davomida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XV Paralimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘n ikki kun barchamiz katta xayajon va ishtiyoq bilan mazkur musobaqalarni kuzatib bordik. Boisi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Paralimpiya o‘yinlarida har qachongidanda faolroq ishtirok etib, har kuni bizlarni xushhabarlar bilan xursand etib turishdi.

Musobqalarning so‘nggi kunida yengil atletikaning nayza uloqtirish turida ishtirok etgan hamyurtimiz Nozimaxon Qayumova 44.58 natija bilan jaxon rekordini o‘rnatgan xolda Paralimpiya o‘yinlarining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Ana shu tariqa delegatsiyamiz a’zolari tomonidan qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni 8taga yetdi. Yakunda terma jamoamiz a’zolari 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17ta bronza medallari bilan umumiy 31ta medal jamg‘arishdi va umujamoa hisobida 176 ta davlat vakillari orasida medallar sifati bo‘yicha 16-o‘rinni, soni bo‘yicha esa 13-o‘rinni egallashdi. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagandi. 32 ta ishtirokchi 31ta medalni qo‘lga kiritishi bu chinakam fantastika.

Ma’lumot uchun quyidagi raqamlarni keltirib o‘tamiz. Musobaqada eng ko‘p – 239 ta medal jamg‘argan Xitoy terma jamoasi sportning 17 ta turida 327 nafar sportchi bilan ishtirok etgan.

2.Buyuk Britaniya 147 ta medal - 260ta sportchi (20ta sport turi)

3.Ukraina 117 ta medal - 171ta sportchi (15ta sport turi)

4.AQSH 115 ta medal - 288ta sportchi (20ta sport turi)

5.Avstraliya 81ta medal - 175ta sportchi (16ta sport turi)

6.Germaniya 57ta medal - 158ta sportchi (17ta sport turi)

******************************************************************

16. O‘zbekiston 31ta medal – 32ta sportchi (5ta sport turi)

Demak natijalar shuni ko‘rsatayaptiki sportchilar soniga nisbatan medallar jamg‘arish borasida O‘zbekiston delegatsiyasi 96,8% natija ko‘rsatib XV Paralimpiya o‘yinlarida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Shuni alohida e’tirof etish kerakki yurtimiz paralimpiyachilari Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, MDHda Ukrainadan so‘ng ikkinchi, Osiyoda Xitoy va Erondan so‘ng uchinchi o‘rinni egallashdi.

Yodingizda bo‘lsa XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi boks turida barcha raqiblarini ortda qoldirib birinchi o‘rinni egallagandi. Paralimpiyachilar orasida esa O‘zbekiston delegatsiyasi sportning dzyudo turi bo‘yicha umumjamoa hisobida birinchi o‘rindan joy oldi. (3 ta oltin, 1 ta kumush, 6ta bronza medallari). Sherzod Namozov (-60 kg), O‘tkir Nig‘matov (-66 kg) va Odil Tulidabayev (+100 kg) oltin medallar bilan taqdirlangan bo‘lsalar, 70 kilogrammgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasidagi musobaqada gilamga chiqqan Xayitjon Alimovaga kumush medal nasib qildi. Shuningdek Sevinch Salayeva (-52 kg), Tursunposhsha Nurmetova (-63 kg), Gulruh Rahimova (-70 kg), Feruz Saidov (-73 kg), Shuhrat Boboyev (-90 kg), va Shirin Sharipov (-100 kg)lar bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Umuman esa sportchilarimiz tomonidan 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o‘yinlari, 12 ta Osiyo rekordi o‘rnatildi. Ta’kidlash kerakki, shu vaqtga qadar birorta davlat vakillari, ya’ni ishtirokchilar soni va qo‘lga kiritilgan medallar natijasi bo‘yicha bunday ko‘rsatkichga erishmagandilar. E’tirof etish lozimki, Braziliyada juda ko‘p Davlat delegatsiyalari O‘zbekiston erishgan yutuqlarga hayrat va havas bilan qaramoqdalar. Bu yutuqlar zamirida xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va duosi, Davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularga bo‘lgan ishonch hamda sportchilarimiz va ularni tarbiyalagan murabbiylarining tinimsiz mehnati yotibdi.

Shu o‘rinda Respublikamizning Birinchi Prezidenti, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning mashhur iboralarini eslamay o‘ta olmaymiz. “Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi”. Ana shu so‘zlar Braziliyada yana bir bor o‘z isbotini topdi. Avval olimpiyachilarimiz, keyinroq paralimpiyachilarimiz diyorimizni butun dunyoga mashhur qilishdi, uni barcha barchaga tanitishdi.

Endi dunyoning mana man degan polvonlari o‘zbek o‘g‘lonlari bilan xisoblashishga majburlar, eng kuchli terma jamoalar O‘zbekiston terma jamoasini o‘zlariga har jixatdan munosib raqib deb hisoblashadi. Bizdan xayiqishgadi, bizga qarshi alohida tayyorgarlik ko‘rishadi. Axir bu butun bir millatimizning ulkan yutug‘i emasmi? O‘zbekiston va uning ana shunday Vatanni sevguchi farzandlari bor ekan, mamlakatimizda sportga Davlatimiz tomonidan ana shunday yuksak e’tibor va g‘amho‘rlik ko‘rsatilar ekan Mustaqil diyorimiz bayrog‘i doimo sarbaland ko‘tarilaveradi.

1996-yili Atlantada o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtdoshlarimiz bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2000-yil Sidney shahri mezbonlik qilgan bahslarda sportchilarimiz bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronzani mamlakatimizga olib kelgan. Afinada 2004-yili o‘tkazilgan bellashuvlarda sportchilarimizdan ikki nafari shohsupaning birinchi, yana shunchasi uchinchi va bir nafari ikkinchi pog‘onasini band etgan bo‘lsa, 2008-yilgi Pekin Olimpiadasida ular 6 medalni qo‘lga kiritgan: 1 oltin, 2 kumush, 3 bronza. Olimpiyachilarimiz 2012-yili Londondan bitta oltin, ikkita bronza bilan qaytib kelgan. “Rio – 2016”da yurtdoshlarimizning 4 oltin, 2 kumush, 7 bronzani qo‘lga kiritgani Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik shukuhi bilan yashayotgan xalqimizga munosib sovg‘a bo‘ldi.

“Rio – 2016”da dunyoning ikki yuzdan ziyod davlatidan sportchilar qatnashdi. Ular orasidan 87 davlat sportchilarigina shohsupaga ko‘tarildi. Oltin medalni qo‘lga kiritganlar yanada kam – 59 ta. O‘zbekiston sportchilari 13 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 21-o‘rinni band etdi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo davlatlari orasida to‘rtinchi, MDH davlatlari orasida ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. Bokschilarimiz 3 oltin, 2 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritib, Kuba, AQSh, Buyuk Britaniya va Rossiya kabi boks eng rivojlangan davlat sportchilarini ortda qoldirib, dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Prezidentimizning 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori sportchilarimizning ushbu nufuzli musobaqada yuksak natijalarni qayd etishida muhim dasturilamal bo‘ldi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bokschilarimizdan Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev kumush, Rustam To‘laganov, Murodjon Ahmadaliyev, dzyudochilar Rishod Sobirov, Diyorbek O‘rozboyev, erkin kurash bo‘yicha Elmurod Tasmurodov, Ixtiyor Navro‘zov, Magomed Ibragimov O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga bittadan bronza medal qo‘shdi.

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining eng muhim voqealaridan biri boks musobaqalarida ro‘y berdi. Hasanboy Olimpiya o‘yinlarida eng yorqin janglarni olib borgani uchun “Rio – 2016” olimpiadasining eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

Og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov ham Olimpiada oltin medali bilan taqdirlandi. U shtangani dast ko‘tarishda 194, siltab ko‘tarishda 237, ikkikurash natijasiga ko‘ra 431 kilogramm natija qayd etib, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi. Uning siltab ko‘tarishda ko‘rsatgan natijasi Olimpiadaning yangi rekordi sifatida mana-man degan soha mutasaddilari tomonidan keng e’tirof etildi. Chet el ommaviy axborot vositalari o‘zbek farzandini maqtab maqolalar yozdi. Mana ulardan bir shingili: “Nurudinov 2012-yilda London Olimpiadasida 4-o‘rinni egallaganidan so‘ng uning chap tizzasida jarohat paydo bo‘ldi. Shu bois u 2013-yildan 2015-yilgacha sport musobaqalarida qatnasha olmadi. Ruslan o‘sha damlarda o‘zida katta kuch va iroda topib, yana sport musobaqalariga qaytish haqida o‘yladi hamda bugun shunday yuksak marrani egalladi”. Agence France-Presse. “U siltab ko‘tarishda 237 kilogramm natija bilan Olimpiya o‘yinlarining yangi rekordini o‘rnatdi. Ikkikurash yakuni bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu paytgacha Markaziy Osiyo davlatlari orasida hech bir og‘ir atletikachi bunday muvaffaqiyatga erisha olmagan”. www.nbcwashington.com


ShHT sammiti tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida o‘tgan uchrashuvda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish, ShHT faoliyatini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yil 15-iyunda Shanxay shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston imzolagan ShHTni tashkil etish to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida tuzilgan. O‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar, energetika, transport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zi qamragan mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash tashkilotning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilangan.

ShHT Xartiyasida a’zo davlatlar mustaqillik, hududiy yaxlitlik va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish, teng huquqlilik, o‘zaro anglashuv va fikrlarni inobatga olish, ichki ishlariga aralashmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch ishlatmaslik va kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga amal qilishi qayd etilgan.

O‘tgan 15-yilda tashkilotning mustahkam huquqiy asosi yaratildi, kotibiyati va tarkibiy tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. ShHT nufuzli davlatlararo tashkilot sifatida xalqaro maydonda mustahkam o‘rin egalladi, ko‘p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.

O‘zbekiston tashkilotning asoschilaridan biri, ulkan iqtisodiy va geosiyosiy salohiyatga ega davlat sifatida uning faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Mamlakatimiz ShHTga savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar va qurol-yarog‘larning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda muhim vosita sifatida qaraydi.

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga uchinchi marotaba raislik qilmoqda. Mamlakatimiz ShHTga 2003-2004 hamda 2009-2010-yillarda raislik qilgan.

O‘zbekistonning tashkilotga birinchi raisligi ham ShHT faoliyatini yangi mazmun bilan boyitgan. 2004-yil 17-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan sammit doirasida poytaxtimizda tashkilotning doimiy faoliyat yurituvchi organi – Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi ochilgan. Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi yo‘lga qo‘yilgan. Bu ishlar ShHTning asosiy maqsadlaridan bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, turli tahdid va xavf-xatarlarning oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda.

2004-yildagi sammitda ShHTning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, ShHT huzuridagi kuzatuvchi maqomi to‘g‘risidagi nizom va boshqa qator hujjatlar imzolangan. Pokiston, Hindiston, Eron va Mo‘g‘ulistonga ShHT huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berilgan. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o‘sha yilgi sammitga Afg‘oniston rahbari ilk bor mehmon sifatida taklif qilingan. Keyinchalik Afg‘oniston ShHT huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘ldi.

O‘zbekistonning ikkinchi raisligi davrida amalga oshirilgan ishlar ham ShHT faoliyatini yangi bosqichga ko‘tardi. 2010-yil aprel oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munning mamlakatimizga tashrifi chog‘ida ShHT va BMT kotibiyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Bu Shanxay hamkorlik tashkilotining mazkur global tuzilma bilan o‘zaro aloqalariga asos bo‘lib kelmoqda.

2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda o‘tgan sammitda, shuningdek, tashkilot doirasidagi masalalarni hal etishda muhim hujjatlar – ShHTning ish yuritish qoidalari va ShHTga yangi a’zolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom imzolangan.

O‘zbekiston Respublikasi 2015-yil 11-iyuldan buyon tashkilotga raislik qilib kelmoqda. Mamlakatimiz a’zo davlatlar bilan birgalikda ShHT doirasidagi hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro aloqalar muvofiqlashuvini yaxshilash, tashkilotning xalqaro maydondagi rolini kuchaytirish yuzasidan salmoqli ishlarni amalga oshirdi. ShHTning xalqaro aloqalarini rivojlantirish, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash bilan bog‘liq tashabbuslarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish orqali tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratdi.

Davlat rahbarlari ShHTning 15-yillik faoliyati asosiy natijalarini ko‘rib chiqdilar. Tashkilot nufuzli va ahamiyatli tuzilma sifatida xalqaro maydonda mustahkam o‘rin egallagani alohida ta’kidlandi.

Majlisda xalqaro terrorizm, ekstremizm va uning boshqa ko‘rinishlari bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek xavf solayotgani alohida ta’kidlandi. Ushbu tahdidlarga faqat hamkorlikda, jahon hamjamiyati harakatlarini birlashtirish orqali qarshi kurashish mumkinligi qayd etildi.

ShHT Xartiyasi qoidalari va boshqa hujjatlariga muvofiq terrorizm, separatizm va ekstremizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moddalar bilan noqonuniy savdo, ommaviy qirg‘in qurollari va ularni yetkazib berish vositalari tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish ShHT doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.

O‘zaro hamkorlik, davlat suverenitetini hurmat qilish va boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga asoslangan holda, xavfsiz, xolis va ochiq axborot makonini yaratishga doir sa’y-harakatlarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Majlisda ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, mintaqa va dunyodagi vaziyatga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiyotning pasayishiga qarshi samarali kurashish borasida tajriba almashish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va infratuzilmani rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Majlisda transport kommunikatsiyalari, energetika, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari – Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti Saxiagiyn Elbegdorj, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Zarif, sammit mehmoni – Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham ishtirok etdi. Shuningdek, majlisda ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov, Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori Yevgeniy Sisoyev qatnashdi.

Sammitda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Jefri Feltman, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja, ASEAN Bosh kotibi Le Liong Min, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning ijrochi direktori Gun Szyanvey ham ishtirok etdi.

Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasining ShHTga a’zo davlat maqomini olish yo‘lidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumlar imzolangani Toshkent sammitining muhim voqealaridan bo‘ldi.

Hindiston va Pokistonning ShHTning teng huquqli a’zosi maqomiga ega bo‘lishi tashkilot imkoniyatlarini kengaytirib, xalqaro maydonda dolzarb muammolarni hal etish, mintaqa va umuman dunyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan ko‘p tomonlama mexanizm sifatida tashkilot rolini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Kambodja Qirolligi va Nepalga ShHTning muloqot bo‘yicha sheriklari maqomini berish to‘g‘risidagi memorandum imzolanishini ma’qulladilar.

Muzokaralar yakunida ShHT o‘n besh yilligining Toshkent deklaratsiyasi, ShHTning 2025-yilgacha rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2016-2020-yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror, ShHTga a’zo davlatlarning turizm sohasidagi hamkorligini rivojlantirish dasturi va boshqa hujjatlar imzolandi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasining ShHTga raislik davridagi faoliyatiga yuksak baho berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda majlis o‘zaro ishonch va hurmat ruhida, ishchan kayfiyatda o‘tganini, erishilgan kelishuvlar ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.

ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov O‘zbekistonning tashkilotga raisligi tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganini, bu davrda barcha tadbirlar, jumladan, Toshkent sammiti yuksak saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi xalqi va rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan ShHTning Toshkent sammiti yakuniga yetdi. U tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lida muhim kelishuvlarga erishilgan sammit sifatida ShHT tarixidan alohida o‘rin oladi.

ShHTga raislik Qozog‘iston Respublikasiga o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha UNEP DTIE mukofoti bilan taqdirlandi.

Ashxabodda Yevropa va markaziy Osiyo mintaqaviy Ozon tarmog‘ining yillik mintaqaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun Yevropa va markaziy Osiyo mintaqaviy Ozon tarmog‘ining mukofotini topshirish bo‘yicha IV tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

2016 yilda 13 mamlakatlar mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. Xususan, O‘zbekistonga 32 nominatsiya ichidan 16 medal berildi. O‘zbekiston, Ukraina, Turkiya, Turkmaniston, Serbiya, Xorvatiya, Ruminiya, Rossiya, Qirg‘iziston, Xitoy, Ispaniya, Gruziya, Yevropa ittifoqi, Bosniya va Gersegovina bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ozon qatlamini himoya qilishdagi faoliyatlari uchun nufuzli medal va yorliqlarga sazovor bo‘ldilar.

Ma’lumot o‘rnida, Ozon Action Programme UNEP DTIE tomonidan tashkil etilgan maxsus mukofot 2010 yildan beri topshiriladi. Mukofot bojxona va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga ozon qatlamini buzuvchi moddalar noqonuniy aylanmasining oldini olishga yo‘naltirilgan harakatlari uchun ozon qatlamini saqlashga qaratilgan global tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida beriladi.

Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va Qamchiq tunnelining ochilishi xalqimiz hayotida unutilmas tarixiy voqea bo‘ldi. Bu yo‘l O‘zbekiston aslida qanday buyuk davlat ekani, xalqi qanday qudratga, salohiyatga ega ekanini yana bir bor jahon hamjamiyatiga namoyon etdi. Osiyo va Yevropani bog‘lovchi ko‘prik, ikki mintaqa o‘rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu noyob obyektni asr qurilishlaridan biri desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

2015
Year of attention and care for the senior generation

AQShda faoliyat ko‘rsatayotgan, katta obro‘ga ega bo‘lgan, Gellap instituti deb nom olgan ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi tomonidan «Qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi» degan mavzuda 2015-yilda o‘tkazilgan va e’lon qilingan tadqiqot materiallari bilan tanishish asnosida ushbu nufuzli tashkilot shu yo‘nalish bo‘yicha o‘z xulosasini chiqarish uchun jahon miqyosida 141 ta mamlakatda so‘rov o‘tkazib, katta yoshdagi 142 ming shaxsning fikrini o‘rgangan ma'lum bo'ladi. So‘rovnomada 3 ta savol o‘rtaga qo‘yilgan. Birinchi savol «Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumandagi mahalliy politsiyaga ishonasizmi?» degan mazmunda berilgan. Ikkinchi savol: «Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumanda kechasi xavf-xatardan qo‘rqmasdan yolg‘iz yura olasizmi?». Va uchinchidan, «Oxirgi o‘n ikki oyda siz va oila a’zolaringizning pul va mol-mulki o‘g‘irlangan holat sodir bo‘lganmi?» degan savol berilgan. Ayni mana shunday savollar orqali, avvalambor, so‘rov o‘tkazilgan mamlakatda yashayotgan har qaysi odamning kayfiyatiga, uning o‘zini erkin his etishiga qonunda belgilangan tartiblarga amal qilish qanday ta’sir ko‘rsatayotganini aniqlash ko‘zda tutilgan. Bizning mamlakatimiz, O‘zbekistonimiz, bu so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, dunyodagi 141 ta davlat orasida 2-o‘rinni egallaganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim. Bizning bunday o‘ta muhim masala, ya’ni yurtimizda tinch va osuda hayotni asrash va himoya qilish bo‘yicha mana shunday yuksak darajaga ko‘tarilganimiz, bu sohada olib borayotgan ishlarimiz xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgani, hech shubhasiz, barchamizga g‘urur va iftixor yetkazadi.

2015 yil 29 mart kuni yurtimizda ulkan siyosiy voqea – O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov bo’lib o’tdi. Har tomonlama yuqori saviyada, muqobillik asosida o’tgan bu saylov mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo’lida muhim, hal qiluvchi bosqich bo’lib, xalqimizning o’z kuchi va salohiyatiga bo’lgan ishonchi naqadar mustahkam ekani, uning siyosiy-huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi, Vatanimiz taqdiri uchun daxldorlik hissi tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Konstitutsiyamiz, milliy va xalqaro huquq normalari, demokratik tamoyillar asosida o’tkazilgan ushbu saylovda saylovchilarning 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’aniyevich Karimovga ovoz berdi. Bunday yorqin g’alaba, hech shubhasiz, Islom Karimovning davlat rahbari sifatida O’zbekiston mustaqilligini ta’minlash, uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi strategik maqsad va vazifalarni hal etish yo’lidagi beqiyos xizmatlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning xalqimiz tomonidan yuksak e’tirof etilgani va yakdillik bilan qo’llab-quvvatlanganidan dalolat beradi.

Xalqimizning milliy sport turi – kurash 2018-yili Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda Osiyo olimpiya kengashining Ashxobod shahrida o‘tkazilgan navbatdagi Bosh assambleyasida e’lon qilindi.

Osiyo olimpiya kengashi tomonidan har to‘rt yilda tashkil etiladigan va qit’a olimpiadasi sifatida e’tirof etilgan yozgi Osiyo o‘yinlari nufuzi va ahamiyati jihatidan Olimpiya o‘yinlaridan keyingi muhim musobaqadir. Unda qit’amizning deyarli barcha mamlakatlaridan minglab sportchilar ishtirok etadi. Shu bois mazkur o‘yinlar dasturidan jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega, barcha qit’alarida rivojlanib borayotgan sport turlari joy oladi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy an’analarimizni qadrlash va rag‘batlantirish, xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini namoyish etishning muhim omillaridan biri sifatida o‘zbek kurashi tobora ravnaq topayotir.

Uch ming yillik tarixga ega o‘zbek kurashi mustaqillik yillarida yangi bosqichga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining 1999-yil 1-fevraldagi “Xalqaro Kurash assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni milliy sportimiz rivojida muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugun dunyoning barcha qit’alarida kurash keng ommalashmoqda. Osiyo, Yevropa, Panamerika, Afrika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari tarkibiga birlashgan yuz yigirmadan ortiq davlatda kurash bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlari, xalqaro turnirlar yuksak saviyada tashkil etilayotir.

Insonparvarlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan o‘zbek kurashi adolatli tartib-qoidalari, chiroyli usullari bilan jahon xalqlarining hurmatiga sazovor bo‘layotir.

Bularning bari o‘zbek kurashi umuminsoniy qadriyat sifatida Olimpiya o‘yinlari safidan munosib o‘rin olishga haqli ekanligining tasdig‘idir. Kurashning XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilishi bu yo‘nalishda qo‘yilgan zalvorli qadam bo‘ldi.

– Bugun Kurash xalqaro assotsiatsiyasi va ushbu sport turining ixlosmandlari uchun tarixiy kun, – dedi Osiyo kurash konfederatsiyasi prezidenti, Osiyo olimpiya kengashi Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon. – Kurashning XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari dasturiga rasman kiritilishi mazkur sport turini nafaqat Osiyoda, balki butun dunyoda yanada taraqqiy ettirish va keng ommalashtirishda yangi davrni boshlab beradi.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi rasmiy veb-sayti – kurash-ika.org saytida ma’lum qilinishicha, Indoneziyada o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha 15 medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Erkaklar yetti, xotin-qizlar sakkiz vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashadi.

Endi kurash biryo‘la uchta nufuzli musobaqa – 2016-yili Vetnamda o‘tadigan Osiyo sohil o‘yinlari, 2017-yili Turkmanistonda bo‘ladigan yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari hamda 2018-yili Indoneziya mezbonlik qiladigan yozgi Osiyo o‘yinlari dasturidan joy oldi.

100 yoshdan oshgan insonlar yashovchi mamlakatlar borasidagi tadqiqot “Elvisti” (Ukraina) axborot markazi tomonidan elektron OAVlar tomonidan tarqatilgan so‘nggi bir yarim yildagi materiallar asosida o‘tkazilgan. Unda 4,5 mln material monitoring qilingan.

O‘zbekiston ushbu reytingda Yaponiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlardan keyingi o‘rinni band etgan.

Shunga qaramay, uzoq umr ko‘ruvchilarning aholi soniga nisbati jihatidan mamlakatimiz kuchli uchlikdan o‘rin egallagan.

O‘zbekiston iqtisodiyoti Yevropa va Rossiyadagi iqtisodiy faollikning sustligi, shuningdek, neft narxi pastligi bilan ifodalanadigan murakkab tashqi sharoitda ham o‘z barqarorligini namoyon etmoqda. 2014-yilda iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari 8,1 foizni tashkil etdi va bunday yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi. 2015-yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot 7,5 foiz o‘sdi. Davlat tomonidan katta hajmda investitsiyalar sarflanayotgani va gaz eksportini Rossiyadan Xitoyga qayta yo‘naltirish strategiyasi ushbu bosqichda mamlakat iqtisodiyotini mintaqaning boshqa davlatlarida ro‘y berayotgan sekinlashishdan himoya qildi. Tashqi iqtisodiy mavqe mustahkamligicha qolmoqda, ammo joriy operatsiyalar hisob-kitobi bo‘yicha profitsit hajmi kamaygan.

XVJ xodimlari tomonidan iste’mol narxlari indeksini hisoblashning muqobil uslubi asosida hisoblab chiqilgan yillik inflatsiya darajasi 2015-yilning mart oyini ham qo‘shganda bir raqamli ko‘rsatkichgacha pasaydi va taxminan 9 foizni tashkil etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” degan mavzuda tadqiqot o‘tkazildi va uning natijalari matbuotda e’lon qilindi.

Ana shu tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonimiz mazkur reytingda 158 mamlakat orasida 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallagan.

Bu avvalambor mustaqillik davrida biz erishgan ulkan marralarni, iqtisodiyotimiz barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, odamlarimizning hayot darajasi va sifati oshib borayotgani va bu yutuqlarni dunyo hamjamiyati yana bir bor tan olayotganini ko‘rsatadi.

Eng muhimi, bularning barchasi ko‘pni ko‘rgan, ertangi kunga katta ishonch bilan yashayotgan, irodasi baquvvat, iymoni butun xalqimizning mehnati, mardligi va matonatining natijasidir.

Osiyo shaxmat federatsiyasi tomonidan o’tkazib kelinayotgan an’anaviy “2nd Annual Asian Chess Excellence Awards” premiyasining “Yil kishisi” nominatsiyasi g’olibi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov e’tirof etildi.

Osiyo shaxmat federatsiyasi prezidenti Shayx Sulton bin Halifa Al Naxyon bu yangilikni rasman e’lon qildi. Xabarga mos tarzda suratlar ham ilova qilinib, unda Shayx Sulton federatsiya bosh kotibi Xisham Al-Toxir bilan birga nominatsiya g’olibiga taqdim etiladigan mukofotni namoyish qilishgan.

Ushbu nominatsiya bo’yicha mukofot mamlakatda shaxmatga qaratilayotgan e’tibor, bolalar sporti, xususan shaxmatga berilayotgan g’amho’rlik, yaratilayotgan sharoitlar va doimiy qo’llab-quvvatlashni ta’minlayotganlar uchun topshiriladi.

2014
Year of the healthy child

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari bugungi kunda barcha sohalarda, jumladan, ta’lim tizimida ham izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bunda ikki davlat rahbarlarining muntazamlik kasb etgan uchrashuvlarida erishilayotgan kelishuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Samarqandda Konfutsiy institutini tashkil etish bo‘yicha bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 2013-yilning sentabrida mamlakatimizda bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning tashrifi chog‘ida imzolangan edi.

– O‘zbekistonda ilk Konfutsiy instituti 2005-yili Toshkentda ochilgan edi, – deydi Xitoyning Shanxay xorijiy tillar universiteti prorektori Chju Chen. – O‘zbekiston va Xitoy ijtimoiy-madaniy aloqalarining samarasi sifatida endi Samarqandda ham Konfutsiy instituti faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Mazkur institutni tashkil etish jarayonida yurtingizdagi ta’lim jarayonlari, xususan, Samarqand davlat chet tillar instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Ushbu dargohda xitoy tili mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanayotgani, talabalarning xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligi quvonarlidir. Konfutsiy instituti ilm-fan sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda o‘zbekistonlik yoshlarning Xitoy haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qiladi.

Ishtirokchilar institutda xitoy tili va madaniyatini o‘rgatish yuzasidan yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionlari – Islombek va Javohir Sindorovlarga Prezidentimiz sovg‘asi topshirildi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor samarasida mamlakatimizda hech kimdan kam bo‘lmagan va kam bo‘lmaydigan barkamol avlod voyaga yetayotgani ta’kidlandi.

Bu yosh iqtidorli bolalarning xalqaro maydonlarda erishayotgan yuksak g‘alabalari barchamizni quvontiradi. Yaqinda Gretsiyaning Kavala shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida yosh shaxmatchilarimiz Islombek va Javohir Sindorovlar ikkitadan oltin medalni qo‘lga kiritgani hamyurtlarimiz qalbini faxr-iftixorga to‘ldirdi.

Javohir to‘rt yarim yoshidan shaxmat bilan muntazam shug‘ullanadi. U shaxmatchi sifatida xalqaro maydondagi dastlabki g‘alabasiga 2012-yili Hindistonning Dehli shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida erishdi. 7 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar musobaqasida blits turnirda oltin, klassik shaxmat bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ldi. 2013-yili Eronda shaxmat bo‘yicha 18 yoshgacha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uning ukasi Islombek esa bolaligidan o‘zining alohida salohiyatini ko‘rsata oldi. U 2012-yili Hindistonda bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida 5 yoshgacha shaxmatchilar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. “Aql gimnastikasi” sir-asrorini tobora puxta va juda tez o‘zlashtirayotgan I.Sindorovning o‘yin uslubi bugun ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborida. Chunki u tez va to‘g‘ri qaror qabul qiladi, partiyada har qanday murakkab vaziyat yuzaga kelsa ham faqat hujumga zo‘r beradi. Islombekning hujumkor o‘yin taktikasi 2013-yili Erondagi Osiyo chempionatida biryo‘la uchta oltin medalni qo‘lga kiritishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Javohir va Islombek yaqinda Gretsiyada o‘tgan jahon chempionatida ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, xalqaro miqyosdagi g‘alabalari tasodif emasligini yana bir karra isbotladi. Nufuzli musobaqaning yetti yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar bahsida ishtirok etgan Islombek Sindorov rapid bo‘yicha to‘qqiz turning barchasida g‘alaba qozondi, blits turnirda sakkiz ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi va jahon chempionatining ikkita oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Javohir Sindorov to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida har ikki yo‘nalishda ham mag‘lubiyatsiz dona surib, to‘qqiz imkoniyatdan sakkiz ochkodan jamg‘ardi va u ham ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionati g‘oliblari Islombek va Javohir Sindorovlar Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy komputerlar bilan taqdirlandi. Ularning ota-onasiga zamonaviy LCD televizori berildi. Prezidentimiz sovg‘alarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov topshirdi.

– Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonovga havas qilamiz, – deydi Javohir Sindorov. – Prezidentimizning sovg‘asi bizni yanada yuksak marralar sari ruhlantiradi, katta kuch bag‘ishlaydi.

O’zbekiston Respublikasining “Sog’lom bola yili” Davlat dasturi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida Bosh assambleyaning 68-sessiyasi rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur hamda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi amalga oshirilishining natijalari har tomonlama barkamol rivojlangan avlod tarbiyasiga qaratilayotgan ulkan e'tiborning yaqqol tasdig’i bo’la oladi. O’zbekistonda sifati xalqaro me'yorlarga javob beradigan 12 yillik majburiy ta'lim joriy etilgan.

“Sog’lom bola yili” Davlat dasturi yetti bo’lim va 125 banddan iborat bo’lib, unda bolalar tug’ilishi, ta'lim-tarbiyasi, oilada sog’lom muhitni, uning iqtisodiy va ma'naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag’lar samaradorligini oshirish bilan bog’liq barcha masalalar aks etgan.

“Sog’lom bola yili” Davlat dasturi haqidagi axborot Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha rasmiy tillari - ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillariga tarjima qilindi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2014-yil tashkil etilgan Toshkent shahridagi Inha universitetida bu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

Ushbu ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar xalqaro talablarga to‘la javob beradi. O‘quv auditoriyalari, laboratoriya va boshqa xonalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Universitetda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari orasida eng katta data-markaz (serverlar va tarmoq uskunalari joylashtirilgan yuqori texnologiyali maydon) faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalar eng zamonaviy texnologiyalar, jumladan, Wi-Fidan keng foydalanmoqda.

Darslar xalqaro muhandislik akkreditatsiyasi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv dasturi bo‘yicha ingliz tilida o‘tilmoqda. Mamlakatimiz o‘qituvchilari bilan birgalikda Koreya Respublikasidan kelgan 10 nafar mutaxassis talabalarga axborot-kommunikatsiya sohasi asoslarini o‘rgatmoqda. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilmoqda. Bu nazariya va amaliyotni o‘zaro bog‘lash, talabalarga esa IT sanoatidagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkonini berayotir.

Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda talabalarning mustaqil izlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun oliy o‘quv yurtida zamonaviy texnologiyalar va an’anaviy adabiyot bilan ta’minlangan axborot-resurs markazi tashkil etilgan. Universitetda jamoa bo‘lib ishlash yo‘lga qo‘yilgan, ya’ni talabalar bahs-munozaralar va taqdimotlar o‘tkaziladigan xonalarda guruhlarga bo‘linib, murakkab vazifalarga yechim topadi. So‘ngra darslarda tajribali o‘qituvchi rahbarligida bilimlarini mustahkamlaydi.

Universitetda darslar faqat ingliz tilida olib boriladi. Bu Prezidentimizning ayrim maxsus fanlarni chet tillarda o‘qitish ko‘zda tutilgan «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hayotga samarali tatbiq etilayotganidan bir namunadir.

2013
Year of wellbeing and prosperity

Buyuk Britaniyaning Maplecroft konsalting kompaniyasi 2012 yil 5 dekabrda uzoq muddatli investitsiyalar jalb qilish uchun dunyodagi qulay mamlakatlarning navbatdagi reytingi haqidagi ma’ruzani nashr etdi. O’zbekiston ushbu reytingda dastlabki yigirmata davlat qatoriga kiritilgan. Ro’yxatda Xitoy, Hindiston, Braziliya, Janubiy Koreya va Malayziya yetakchilik qilmoqda.

Maplecroft kompaniyasi tomonidan hisoblab chiqiladigan “Rivojlanib borayotgan bozorlar indeksi” biznes yuritish uchun istiqbolli bo’lgan 175 davlatni o’z ichiga olgan. Indeksda o’tgan yillardagi iqtisodiy ko’rsatkichlar, mamlakatning investitsiya sarflash uchun jozibadorligi, eng so’nggi tarkibiy islohotlar va demografik ahvol, shu jumladan o’rta sinf soni bo’yicha prognozlar e’tiborga olingan.

So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuqori baholanmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining muvaffaqiyatlari yurtimizdagi siyosiy barqarorlik va islohotlarning izchil amalga oshirilishiga asoslangani yetakchi xalqaro ekspertlar tomonidan bir necha bor ta’kidlandi.

Mamlakatimiz jahon iqtisodiyotida hamon davom etayotgan inqirozning salbiy oqibatlariga nafaqat ishonchli tarzda bardosh bermoqda, balki makroiqtisodiy muvozanatni, yuqori iqtisodiy va ijtimoiy o’sish sur’atlarini saqlashga erishmoqda.

Ayniqsa, investitsiya sohasida ro’y berayotgan tarkibiy o’zgarishlar e’tiborga molik. Istiqlol yillarida mamlakatda samarali qonunchilik bazasi, xorijiy sarmoyadorlar uchun keng ko’lamli huquqiy kafolatlar va imtiyozlar majmui yaratildi, xorij kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi.

O’zbekistonning xorijlik sheriklar bilan o’zaro manfaatli hamkorligi mamlakatda chet ellik sarmoyadorlarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun barcha shart-sharoit yaratilganidan yorqin dalolat beradi. Bularning barchasi O’zbekistonga investitsiya muhiti eng jozibador yetakchi davlatlar qatoridan munosib joy egallash imkonini berdi. Buni Maplecroft kompaniyasi ekspertlari yana bir bor tasdiqladi.

Yagona portal O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturiga hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.

Ushbu maxsus industrial zona yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida, shuningdek O‘zbekistonda o‘zbek-xitoy sanoat parkini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumga muvofiq barpo etildi.

Quyidagilar “Jizzax” maxsus industrial zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:

ichki va tashqi bozorlarda raqabatbardosh bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy, yuksak texnologiyali va innovatsion ishlab chiqarishlarni barpo etish va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish;

maxsus industrial zonaga kiruvchi mintaqalarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, mineral-xomashyo resurslarini va qishloq xo‘jalik xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;

maxsus industrial zona va umuman respublika korxonalari o‘rtasida mustahkam kooperatsion aloqalar o‘rnatish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy xomashyo va materiallar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

“Jizzax” MIZ hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmaning jadal rivojlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash.

2012
Year of the Family

Global iqtisodiyotda jiddiy muammolar saqlanib qolayotganligiga qaramay, 2012 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish natijasida iqtisodiy rivojlanishning barqaror yuqori sur’atlari, makroiqtisodiy mutanosiblik, aholi hayot darajasining barqaror o‘sishi va mamlakatning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash ta’minlandi.

Yalpi ichki mahsulot 8,2 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi – 7,7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi – 7 foizga, pudrat qurilish ishlari hajmi – 11,5 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmi – 13,9 foizga o‘sdi. Inflyatsiya sur’atlari rejalashtirilgan darajada saqlandi va 7 foizdan oshmadi.
Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga barcha xarajatlarning 59,2 foizi yo‘naltirildi. Byudjet tashkilotlari xodimlari ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar bir yilda o‘rtacha 26,5 foizga, aholining real daromadlari esa – 17,5 foizga o‘sdi.
Yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining oshib borishi iqtisodiyot o‘sishi barqaror yuqori sur’atlarining va uning tuzilmalarini diversifikatsiyalashning asosiy manbai bo‘ldi. 11,7 milliard dollarga teng miqdorda yoki 2011 yildagiga qaraganda 14 foiz ko‘p investitsiyalar jalb etildi. Barcha investitsiyalarning 22 foizdan ortig‘ini yoki 2,5 milliard dollardan ortiqni xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ulardan 79 foizdan ortig‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Barcha investitsiyalarning 74 foizga yaqini ishlab chiqarish qurilishiga yo‘naltirildi. 205 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallandi.
Eksport hajmi 11,6 foizga o‘sdi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi 1,12 milliard dollardan ortiq miqdorda ta’minlandi. Eksport tarkibida xom ashyo bo‘lmagan tayyor tovarlar eksporti 70 foizdan ortiqni tashkil etdi.
Moliya-bank tizimi barqaror ishlab, 2012 yilda uning jami kapitali 24,2 foizga, depozitlar hajmi – 31,5 foizga, shu jumladan aholi depozitlari – 34,6 foizga ko‘paydi. Banklarning investitsiya maqsadlari uchun ajratilgan uzoq muddatli kreditlari hajmi 30,7 foizga ko‘paydi.

«O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan O’zbekiston Fermerlari kengashi tashkil etildi Qishloq xo’jaligi erlarining uzoq muddatli ijara mulki qilib berilishi va qishloqda bozor munosabatlarining joriy qilinishi fermer xo’jaliklarini shakllantirish hamda rivojlantirishning eng muhim omili va asosi bo’ldi, buning natijasida erga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga haqiqiy egalik tuyg’usi mustahkamlandi.

Prezident farmoni bilan London Olimpiadasida medallarni qo‘lga kiritgan uch sportchilardan ikki nafari fahriy unvon va bir nafari orden bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Prezidenti 14 avgust kuni “London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘inlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni mukofotlash to‘g‘risida” farmonni imzoladi.
Mazkur farmonga muvofiq Olimpiada o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan, shuningdek xalqaro maydonda mamlakat obro‘sini oshirgan Rishod Sobirov (dzyudo) va Soslan Tigievga (erkin kurash) “O‘zbekiston iftihori” fahriy unvoni berildi.
Boks bo‘yicha mamlakat terma jamoasi a’zosi Abbos Atoevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” fahriy unvoni berildi.
Olimpiada 2012 oltin medali sohibi erkin kurash ustasi Artur Taymazov mamlakat sport sharafini oshirishga qo‘shgan ulkan hissasi va Olimpiada o‘yinlarida erishgan yuqori natijalari uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.

Xalqaro quyosh energiyasi instituti quyosh energiyasini bo’yicha zamonaviy texnologiyalarni ilgari surib, ularni rivojlantirib boradi.

Uning yordamida O’zbekiston quyosh energetikasi bo’yicha bilimlarning mintaqaviy xabiga aylanishni rejalashtirgan.

O’zbekistonda ishlatilayotgan elektr manbalari orasida quyosh energiyasidan foydalanish yuqori potentsialga ega. Uni iqtisodiyot traqqiyoti yo’lida yoqilg’i sifatida foydalanish shunchaki variant emas - bu zaruriyat.

Xalqaro institut maqomiga ega ushbu maskan ilmiy-texnik va loyihalash tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi. Yangi institutda quyosh energiyasi bo’yicha konkret loyihalar ishlab chiqishi rejalashtirilgan.

2011
Year of small business and entrepreneurship

YIMning o‘sish darajasi 8,3%ni tashkil etgan bo‘lsa, umuman 2000-2011 yillar davomida bu ko‘rsatkich 2,1 marta o‘sdi va ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston jahondagi iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgan davlatlar qatoridan o‘rin oldi.

Umumiy sanoat o‘sishining 70% ga yaqini yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga to‘g‘ri keldi.

2011 yil yuqori temp bilan mashinasozlik va avtomiobilsozlik (12,2%), Kimyo va neft kimyosi (9,4%), oziq-ovqat sanoati (13,1%), qurilish materiallari sanoati (11,9%), farmotsevtika va mebelь (18%)ga o‘sdi.

2011 yil eksport mahsulotlari hajmi 2010 yilga nisbatan 15,45 ga o‘sdi va 15 milliard AQSh dollaridan oshiq summani tashkil etdi yoki 2000 yilga nisbatan 4,6 martaga oshganini ko‘rsatdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi 4,5 milliard dollarni tashkil etdi.

800 ming tonna bug‘doy, 3,5 million tonna paxta, 8,2 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz mahsulotlari, 3 million tonnaga yaqin bog‘dorchilik mahsulotlari, 6,6 million tonna sut, 1,5 million tonna go‘sht, 3,5 milliard dona tuxum etishtirildi.

2011 yil barcha moliyaviy mablag‘lardan 10,8 milliarddan ortiq AQSh dollari miqdorida kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. Bu ko‘rsatkich 2010 yilga nisbatan 11,2% ga ko‘p. Investitsiyalar ulushi YaIMning 23,9%ni tashkil etishi mamlakatning investitsion aktivligini ko‘rsatadi.

2011 yil davomida namunaviy loyihalar bo‘yicha 1,1 million kvadrat metr maydonda jami 7400ta zamonaviy uy-joylar qurildi. Bu qurilishga 576 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanib, uning 63%i markazlashgan manbaa va “Qishloq qurilish bank”ning shaxsiy mablag‘laridan iborat

GM Powertrain – Uzbekistan zavodi 2011 yilning noyabrь oyidan Toshkent shag‘rida General Motors kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirildi. Ushbu zavod GM markasidagi engil avtomobillarga o‘rnatiladigan Ecotec 1.2L i 1.5L dvigatellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.

31 oktyabr kuni “Buxoro” xalqaro aeroportida soatiga 400 yo‘lovchini o‘tkazish quvvatiga ega yangi yo‘lovchi terminali ishga tushirildi.

Yangi aeroport qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida” qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
Yangi terminal xalqaro talablarga mos ravishda VIP va CIP-zallar, ona va bola xonalari, medpunkt, avia kassa. Valyuta ayrboshlash shaxobchalari, pochta bo‘limlari va duty free do‘konlari tashkil etilgan. Bugungi kunda Buxoro aeroporti barcha turdagi samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega. 2011 yilning 9 oyida jami 1914 parvozga xizmat ko‘rsatildi, shuningdek 74.1 ming yo‘lovchi tashildi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19% ga ko‘pdir. Mazkur davr davomida 57.9 tonna yuk, 11.4 tonna pochta, 12.4 tonna pulli yuklar jo‘natildi.

Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi 344 km masofani 2 soatda bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgan “Talgo-250” yuqori tezlikda xarakatlanuvchi poeed xarakati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu poezdni ishga tushirish maqsadida 600 km uzunlikdagi mavjud temir yo‘llar modernizatsiya qilindi, 68 km yangi temir yo‘l qurildi. Toshkent va Samarqand temir yo‘l vokzallari zamon talablari mos holatga keltirildi

“Salomatlik-2” loyihasi doirasida 389ta qishloq vrachlik punktlari va 25ta oilaviy poliklinikalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Loyiha doirasida jami 3770 nafar vrachlar malakasi oshirildi.

“Save the children” xalqaro tashkilotining reytingiga O‘zbekiston bolalar salomatligi bo‘yicha dunyoning o‘nta davlatlari qatoriga kiritildi.

Termiz shahrida O‘rta maxsus, kab-hunar ta’lim tizimi o‘quvchilari orasidagi “Barkamol avlod-2011” sport musobaqalari boshlandi.

Tantananing ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi.
Musobaqalar Kichik Olimpiada mutaxassislari va keng jamoatchiligi tomonidan tan olingan va Olimpia o‘yinlari talablariga javob beradigan uzluksiz uch bosqichli tizim bo‘yicha o‘tkazildi.
Munozarasiz bahslarda eng ko‘p medallarni qo‘lga kiritgan Toshkent shahri terma komandasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tabrik matnining asl nushasi hamda Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomobili bilan taqdirlandi

2010
Year of the harmoniously developed generation

2010 yildan boshlab kompaniya GM global brendlaridan foydalanishni boshladi. Jumladan, avgust oyida ancha takomillashtirilgan va texnologik ixchamlashtirilgan “Chevrolet Spark” avtomobilini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

Avtomobilsozlik iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Bu sohada salmoqli natijalarga erishish uchun, birinchi navbatda, keng ko’lamli vazifalarni hal etish, ya’ni raqobatbardosh va eksportbop avtomobillar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirish, iste’molchilar istaklarini inobatga olgan holda, mashinalar rusumini muntazam yangilash, avtomobillarning keng turdagi tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirdi.

O’zbekistondagi "Maydanak" rasadxonasi xodimlari tomonidan kashf etilgan yangi fazoviy jism "Samarqand" deb nomlangan. Uni O’zbekiston Fanlar akademiyasining olimlari Aleksey Sergeev va Bahodir Hafizovlar 2007 yil oktyabrida kashf etganlar. Keyin ma’lumotlar Harvarddagi Kichik sayyoralar markaziga jo’natilgan. Avvaliga u erdan bunday ob’ekt kataloglarda yo’qligi haqidagi javob kelgan. Ma’lum muddat olib borilgan uzluksiz kuzatuvlar ortidan esa, sayyora Kichik planetalar xalqaro katalogiga doimiy 210271 (210271 Samarkand 2007 TU2) nomi bilan kiritilgan.

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ketma-ket uchinchi marotaba Osiyoning “Eng yaxshi hakami”, deb e’tirof etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 20 iyuldagi farmoniga ko‘ra, o‘zbek futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishda ibrat va namuna ko‘rsatgani, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Ravshan Ermatov “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

2009
Year of the rural development

2009-yilda buyuk olim va mutafakkir Mirzo Ulug‘bek tavalludining 615-yilligi munosabati bilan Astronomiya instituti huzurida Astronomiya muzeyi ochildi.

YuNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu muzey mamlakatimizda koinot tadqiqotlari sohasini rivojlantirish va Mirzo Ulug‘bek merosini keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Unda astronomiya fanining rivojlanish bosqichlari hamda Movarounnahr va Yevropa olimlarining ilmiy tadqiqotlarini o‘zida namoyon etgan boy ekspozitsiyalar, jumladan, turli asbob-uskunalar, teleskoplar, hujjatlar va buyumlar jamlangan. Muzeydan joy olgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining asosiy uskunasi – devoriy kvadrantning maketi alloma davridagi astronomik kuzatuvlar haqida to‘liq ma’lumot beradi.

Mazkur qo‘shma korxona faoliyati Samarqand avtomobil zavodi hududida MAN avtomobillarini ishlab chiqarish bilan boshladi.

2011-yildan “MAN avtotransport vositalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish kompleksi” loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Loyiha bir necha bosqichda amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichida “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kompleksi qurib bitkazildi. Qisqa fursatda amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari samarasida joriy yil boshida korxonaning zamonaviy dilerlik va servis markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Ushbu markaz so‘nggi texnik va texnologik talablar darajasida jihozlangan bo‘lib, diagnostika, yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularning uzellari, mexanik va elektrotexnik qismlari hamda shinalarini ta’mirlash uchastkalariga ega. Majmua maydoni va texnik jihozlanish darajasi yiliga 1500 tadan 4000 tagacha yirik yuk avtomashinalari va maxsus transport vositalariga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. “MAN Truck & Bus AG” kompaniyasining xorijiy davlatlardagi yetakchi servis markazlarida amaliyot o‘tagan va malaka oshirgan mutaxassislar turli ta’mirlash ishlarini yuqori sifatda bajarmoqdalar.

“O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan tantanali majlis bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

Prezidentimiz tantana qatnashchilarini, butun xalqimizni Toshkent shahrining 2200 yillik bayrami bilan qutlar ekan, mustaqillik biz uchun o’zligimizni anglash, huquqiy demokratik davlat, erkin va farovon hayot barpo etish uchun ulkan imkoniyatlar ochib berganini qayd etdi. Milliy davlatchiligimiz tarixida va ijtimoiy-siyosiy hayotimizda poytaxtimiz alohida o’ringa va beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Islom Karimovning 2009 yil 20 avgustdagi farmoniga binoan, yurtimizda milliy davlatchilikni shakllantirish, mustaqil huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, davlatlararo hamkorlik, xalqlar o’rtasidagi do’stlik munosabatlarini rivojlantirishga qo’shgan katta hissasi, ezgu an’analarni saqlash, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan xizmatlari uchun hamda 2200 yillik yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri «Mustaqillik» ordeni bilan mukofotlandi.

Prezidentimiz Islom Karimov ushbu yuksak mukofot – “Mustaqillik” ordenini tantanali ravishda topshirdi.

"O’tgan davr mobaynida bu sanani Toshkent shahrining mamlakatimiz hayotidagi beqiyos o’rni va mavqeiga mos ravishda, yuksak saviyada nishonlash, poytaxtimizni yanada obod qilish uchun katta tayyorgarlik ishlari olib borildi.

Bugun to’la ishonch bilan aytish mumkinki, bunday ulkan, haqiqatan ham tarixiy ishlarni amalga oshirishda Toshkentda biron-bir tuman, mavze-mahalla, mehnat jamoasi yoki birorta odam yo’qki, bevosita o’z hissasini qo’shmagan, hech bo’lmaganda, o’zining fikri, maslahati bilan ishtirok etmagan bo’lsa.

Bir so’z bilan aytganda, mana shu davr mobaynida bu go’zal maskanda, ona diyorimizda yashayotgan, keksayu yosh barcha-barcha insonlar uchun Toshkentimiz naqadar sevimli va qadrli ekani yana bir bor amalda namoyon bo’ldi".


2008
Year of the social protection

«Navoiy» erkin iqtisodiy-sanoat zonasi (EISZ) xorijiy investorlarga biznes yuritish uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi. Chet el investitsiyalari jalb etilishini yanada rag‘batlantirish, chet el investitsiyalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va O‘zbekistonning ulkan iqtisodiy va investitsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 2 dekabrdagi qarori bo‘yicha Navoiy viloyati hududida «Navoiy» erkin iqtisodiy-sanoat zonasi tashkil etildi.«Navoiy» erkin iqtisodiy-sanoat zonasi (EISZ) xorijiy investorlarga biznes yuritish uchun keng imkoniyatlarni taklif etadi va avval boshdan biznesga katta raqobat afzalliklarini beradi.

For over ten centuries, the classical music tradition of Shashmaqom has evolved in the urban centres of Central Asia formerly known as Mâwarâ al-nahr, an area which now encompasses present-day Tajikistan and Uzbekistan.


Shashmaqom, meaning “six maqoms”, constitutes a fusion of vocal and instrumental music, melodic and rhythmic idioms and poetry. The genre is performed solo or by a group of singers and an orchestra of lutes, fiddles, frame-drums and flutes. Performances generally open with an instrumental introduction followed by the nasr, the main vocal section consisting of two distinct sets of songs.


Dating back to the pre-Islamic era, Shashmaqom was continually influenced by developments in musicology, poetry, mathematics, and Sufism. So popular was the maqom system in the ninth and tenth centuries that numerous music schools were founded, mainly by the Jewish community, in the city of Bukhara, the historical and spiritual centre of Shashmaqom. Shashmaqom genre requires specially trained musicians because the standard notation system can record only the basic framework. Consequently, oral transmission from master to student remains the principal means of preserving the music and its spiritual values.

Ma’lumki, keyingi yillarda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘lami dunyo miqiyosida ortib bormoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, odam savdosi bu -kuch bilan, taxdid qilish yoki aldash yoxud boshqa majburlash shakllari asosida insonni sotish, uning mehnatidan majburiy foydalanish tushuniladi. Shu bois, odam savdosiga qarshi kurash masalasiga jahon jamoatchiligi tomonidan jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ushbu jinoyatga karshi zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda.O‘zbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurash inson, jamiyat, davlat himoyasi, odam savdosi faoliyatining oldini olish, aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadlarida 2008 yilning 17 aprelida O‘zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilingan bo‘lib, mazkur hujjat bu borada olib boriladigan barcha ishlarni tashkil etish, odam savdosidan jabr ko‘rgan fuqarolarning xuquq va erkinliklarini himoya qilishga oid qoidalarini o‘z ichiga oladi.

2007
Year of the social protection

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Toshkent shahrida, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28 - uy manzilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 sentyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Tadbirkorlik va menejment, biznes va marketing, bank ishi va moliya, biznes sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari, turizm va mehmondorchilikni boshqarish yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi. Darslar ingliz tilida olib boriladi. O‘qish muddati 4 yil. Ta’lim jarayoni Singapur menejmenti rivojlantirish instituti Singapur Respublikasi tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari asosida tashkil etilgan. Institutda mashg‘ulot va kompьyuter xonalari, ma’ruza zallari, mehmondorchilik malakalarini rivojlantirish uchun maxsus mashg‘ulot xonalari, tennis korti, suzish havzasi, yopiq bosketbol va voleybol maydonlari, mini futbol va qo‘l to‘pi maydonlari, yugurish yo‘lkalari, talabalar turar joyi, onlayn elektron holidagi ma’lumotlarga ega kutubxona (150 mingdan ortiq asar) bor. Institutda 24 ta professor o‘qituvchi jumladan 1 ta fan doktori va professor, 4 ta fan nomzodi va dotsent, mahalliy va xalqaro universitetlar ilmiy darajasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar ishlaydi. Institutga etakchi xalqaro moliya institutlari, ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarining yuqori malakali maslahatchilari, ekspertlari va mutaxassislari jalb etiladi; institutda 274 talaba ta’lim oladi (2009). Institut hududida Wi-Fi tizimi mavjud bo‘lib, bu talabalarga internet tizimiga institutning istagan joylaridan ulana olish imkonini beradi. Institutda, shuningdek, Blakboard Learning Sistem o‘rnatilgan bo‘lib, u onlayn tarzda ma’ruza matnlariga, ta’lim resurslari va internet tarmog‘idagi ma’lumotlar bazasiga istalgan vaqtda va istalgan erdan ulanish imkonini beradi. Institut Frantsiya, Buyuk Britaniya, AQSh va Avstraliyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Institut tomonidan beriladigan diplom O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi xujjat sifatida e’tirof etiladi va andozalari bo‘yicha Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (Singapur Respublikasi) tomonidan beriladigan ilmiy darajaga teng bo‘ladi.

“Toshguzar­ Boysun ­Qumqo‘rg‘on” temir yo‘li, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Toshguzar va Qumqo‘rg‘onni bog‘lagan, uzunligi 223 kilometr bo‘lgan temir yo‘l liniyasi bir kecha­kunduzda 14 juft poezdni o‘tkazish imkoniyatiga ega. Ushbu magistralning uzluksiz faoliyati tufayli yirik industrial loyihalarning amalga oshirilayotgani, ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanayotgani bugun mamlakatimiz hukumatining uni bunyod etish borasidagi qarori nechog‘li chuqur o‘ylangani va uzoqni ko‘zlaganligidan dalolat beradi. Biz uchun nafaqat strategik muhim transport yo‘lagi, balki mamlakatimiz janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish, ularda hayotiy ahamiyatga ega ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi bandligi va farovonligi darajasini yuksaltirishda katta omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu obektning barpo etilishiga 447,4 milliard so‘m kapital qo‘yilmalar, jumladan, Yaponiya Xalqaro hamkorlik bankining 151,5 million AQSh dollari hajmidagi kredit mabag‘lari yo‘naltirildi. Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu temir yo‘l qurilishining tarixga aylangan bosqichlarini eslab o‘tish joizdir. Yangi temir yo‘l liniyasida qurilish ishlari uch bosqichda amalga oshirildi. Loyiha tegishli tartibda muvofiqlashtirilgach, “O‘zbekiston temir yo‘llari” Davlat aktsiyadorlik temiryo‘l kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobidan 1998 yilda “Toshguzar­Dehqonobod”, 1999 yilda esa “Boysun­Qumqo‘rg‘on” qismlarida qurilish ishlari boshlandi. Yangi liniyaning eng murakkab bo‘lgan uchinchi qismida qurilish ishlarini boshlash maqsadida Yaponiya bilan hukumatlararo bitim imzolandi. Ushbu hujjatga binoan, 2001 yil 16 iyulda Yaponiyaning Tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) loyihaning texnik­iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grant ajratdi. Bosqichma­bosqich tuproq ishlari amalga oshirildi, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, zarur infratuzilma va vokzallar qurila boshlandi…

Murakkab tog‘ sharoitida barpo etilayotgan yangi temir yo‘l liniyasining dengiz sathidan 1800 metrdan ortiq balandlikda, cho‘qqi darajasidagi tog‘ tizmasini kesib o‘tishida eng ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy uskunalar ishga solindi. Yangi temir yo‘lni bunyod etish davomida jami 37 ko‘prik, galereya va tunnel barpo etildi, 5 vokzal (“Toshguzar”, “Dehqonobod”, “Oqrabot”, “Darband” va “Boysun”), 15 ajratma shoxobcha, shu jumladan, 7 stansiya va 8 razezd qad rostladi. Liniyaning 81­kilometridagi uzunligi 234,2 metrni tashkil etgan va Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ko‘prik qurildi. Uni trassaning 350 metr radiusli yoysimon qismida balandligi 43 metrni tashkil etuvchi tayanch ustunlari ko‘tarib turadi. Yangi liniya bo‘ylab temir yo‘l transporti xodimlari yashashi uchun umumiy maydoni 5603 kvadrat metr bo‘lgan o‘ttiz beshta ikki qavatli kottej qurildi. “Darband” stansiyasida 216 o‘quvchiga mo‘ljallangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi va Dehqonobod” stantsiyasida sport majmuasi barpo etildi.

Islom konferentsiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri — Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007 yilda Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi. Butun Osiyo qit’asining vakili bo‘lgan Toshkent bilan bir qatorda arab dunyosidan Fes (Marokash) va Tripoli (Liviya) shaharlari, shuningdek, Afrika qit’asidan Senegal poytaxti — Dakar shaharlari ham Islom madaniyatining poytaxtlari, deb e’lon qilindi. O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkent shunday yuksak va faxrli unvonga sazovor bo‘ldi.

Haqiqatan ham, mustaqil O‘zbekistonning poytaxti musulmon dunyosida o‘ziga xosligi, mahobatli madrasa va masjidlarining binolari, minglab nodir qo‘lyozmalarga boy bo‘lgan kutubxonalari, islom uyg‘onishi davrining buyuk ustalari, alloma va me’morlari ijodiga mansub namunalari ko‘z qorachig‘iday avaylab-asralayotgan muzeylari bilan butun dunyodan kelayotgan mehmonlarini hayratga soladi. Toshkentda Imom al-Buxoriy nomli Toshkent islom instituti, Ko‘kaldosh nomidagi madrasa va Prezident I.Karimov tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkent islom universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ta’lim muassasalari diniy ulamolar, dinshunoslar, islom huquqi va manbashunoslik, jahon iqtisodiyoti va informatika mutaxassislarini tayyorlaydi. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha MDH hududidagi yagona oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent islom universitetida juda ko‘p marotalab din va siyosat, bag‘rikenglik hamda zamonaviy dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiyalar, seminar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tgan.

Jahondagi minglab shaharlar orasidan aynan Toshkent 2007 yilda Islom madaniyatining umumjahon poytaxti, deb tanlandi. Toshkent nomzodining tanlanishida ISESCO birinchi galda respublika rahbariyatining o‘zbek xalqi madaniy va ma’naviy qadriyatlarini qayta tiklashga yo‘naltirilgan siyosati, shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan islom tsiviliza¬tsiya¬si yodgorliklarini himoya qilish va ko‘z qorachig‘iday asrash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar e’tiborga olindi.
Shuningdek, ISESCOning bunday to‘xtamga kelishi Osiyo qit’asidagi eng ko‘hna shaharlardan biri — boy madaniyatga ega bo‘lgan Toshkentning dunyo taraqqiyoti tarixida alohida o‘rin tutishi bilan izohlanadi.

2006
Homiylar va shifokorlar yili

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yiliga 100 ming tonna kaltsiy bilan boyitilgan soda ishlab chiqarish loyiha quvvatiga ega bo‘lgan Qo‘ng‘irot soda zavodi Zamonaviy sanoat kompleksi 2006-yilda ekspluatatsiyaga topshirildi. Xitoyning «Sitic Pacific Ltd.» kompaniyasi «Uzximprom» DAK bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha zavodning texnologik qismini «to‘lig‘icha» loyihalash va qurish ishlarini amalga oshirdi. Zavodning ishga tushirilishi kaltsiy bilan boyitilgan sodaga ichki talabni to‘lig‘icha qondirish muammosini hal qilish bilan birga, uni ekcportini sezilarli darajada oshirish imkonini ham beradi.. Shu yili 12810 tonna kalsiylangan soda ishlab chiqarildi. 2010-yilda 90 ming tonnadan ortiq soda ishlab chiqarildi. O'tgan yil esa korxona deyarli to'la quvvatda ishlay boshladi: korxonaning loyihaviy to'la quvvati yiliga 100 ming tonna kalsilangan soda ishlab chiqarish bo'lsa, o'tgan yili 97800 (99,2%) tonna soda ishlab chiqarildi.

Orol dengizining o‘zbekiston qismida geologiya qidiruv ishlarini olib borish bilan keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini o‘zlashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va investorlar Konsortsiumi tomonidan mahsulotlarni taqsimlash to‘g‘risidagi Bitim imzolandi. Konsortsium tarkibiga «Uzbekneftegaz» MXK, «LUKOYL Oversiz Xolding», malayziyaning «Petronas Carigali Overseas», xitoyning «CNPC International» va koreyaning «Korea National Oil Corporation» investorlari kirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida» 2006 yil 11 maydagi PF–3751-sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi. Uning mablag‘lari hisobiga ustuvor loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, respublika etakchi banklarining kapitallashuv darajasini keskin oshirish vazifasi qo‘yildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, asosiy nominatsiyalar bo‘yicha eng iqtidorli va faol jurnalistlar aniqlandi. Shuningdek, rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar bo‘yicha ham mukofotlar topshirildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlab ta’sis etilgan “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun tanlov jurnalistikaning eng ilg‘or yutuqlarini keng ommalashtirish, ommaviy axborot vositalari xodimlari fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi, jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni, o‘z faoliyatiga yangicha yondashuvlarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratadi.

2005
Year of Health

Maydonda mustaqilligimizning dastlabki yilida qad rostlagan Mustaqillik monumenti oldida farzandini bag‘riga bosib, unga ishonch bilan termulib turgan Baxtiyor ona haykali bunyod etildi. Mustaqillik va ezgulik egizak tushunchalardir. Xalqimiz istiqlolni qanchalar ulug‘lasa, farzandlarni yorug‘ dunyoga keltirgan onalarni hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli, deb e’zozlaydi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan fazilat. Mazkur ikki qadriyat zamirida xalqimizning asriy intilishlari, ezgu orzu-umidlari mujassam.

Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayolga bo‘lgan munosabat bilan belgilangan. Ayniqsa, ayollarga sharqona ehtirom va e’zoz biz uchun ibratli merosdir. Shu ma’noda, Mustaqillik maydoni va undagi Baxtiyor ona haykali ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning ifodasidir.

Ayniqsa, Mustaqillik maydonida olib borilgan yaratuvchilik amallari ushbu so‘lim va ulug‘vor maydonning nafaqat manzarasini, ayni chog‘da mazmun-mohiyatini ham tubdan o‘zgartirib yubordi.

Xalqimizning ozod va obod hayot, erkin va farovon kelajak barpo etishdek ulug‘vor intilishlarini teranroq ifodalash, yoshlarimizning ma’naviy olamini ezgu g‘oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan 2005 yili Mustaqillik maydonida Ezgulik arkasi bunyod etildi.

Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan chuqur va keng ma’no-mazmuni bilan barchamiz uchun aziz bo‘lgan muqaddas qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan ushbu majmuaga hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi – Mustaqillik va ezgulik monumenti, deb nom berildi.

Farmonga binoan, O‘zbekistonda 2008 yilning yanvaridan boshlab o‘lim jazosi bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy etildi. Ushbu Farmon qabul qilingan kundan boshlab o‘lim jazosiga mahkum etilgan shaxslarning birontasiga nisbatan jazo ijro etilmadi. Huquq tili bilan aytganda, o‘lim jazosi to‘g‘risidagi sud hukmi ijro etilishiga de-fakto moratoriy e’lon qilindi.

2004
Year of kindness and mercy

Buyuk Vatandoshimiz, o‘z davrida diyorimizda tinchlik va ahillikni qaror toptirishga, muqaddas islom dini, islom falsafasi rivojiga katta hissa qo‘shgan va boy ma’naviy meros qoldirgan ulug‘ mutafakkir Xoja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi Samarqand viloyatida nishonlandi.

Xoja Ahror Valiyning Samarqand tumanidagi me’moriy majmuasini ta’mirlash va uning atrofini obodonlashtirildi va Xoja Ahror Valiy nomi bilan bog‘liq qadamjolarga yurtdoshlarimizning ziyoratlarini tashkillashtirildi.
Samarqand shahrida «Xoja Ahror Valiyning Markaziy Osiyo tarixi va ma’naviyatida tutgan o‘rni» mavzuida, hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy-hujjatli filьmni suratga olindi.
Xoja Ahror Valiy asarlarining qo‘lyozmalari manbalarini keng, xolisona talqin va yondashuvlar asosida o‘rganish, allomaning hayoti va faoliyati haqidagi zamonaviy tadqiqotlarni to‘plandi va nashr etildi.

Belgilangan maqsadga erishish uchun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur 9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar ta’limi tizimi bilan to‘la qamrab olishni ta’minlashga, o‘quvchilarning umumiy o‘rta ta’lim bilan bir qatorda aniq bir kasbni egallab olishlariga qaratilgan. Dasturga muvofiq printsipial yangi tipdagi o‘rta hunar o‘quv muassasalari tarmog‘i shakllandi. Zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylarni qurish hamda jihozlash bo‘yicha mamlakatimiz industriyasi yaratildi. Yangi ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.

Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim majmui hisoblanadi. Bunda ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga egadir. Dasturni to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarga erishish ana shu bo‘g‘inlarning holati va rivojlanish darajasiga, ularning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liqdir.

Ushbu dastur Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilindi.

2004 August 26 - at the Athens "Olympics - 2004" Uzbek wrestler Alexander Dokturashvili won the gold medal in Greco-Roman wrestling, Artur Taymazov won in freestyle wrestling, and Magomed Ibragimov won the silver medal.

Rustam Kasimdzhanov Mashrukovich (December 5, 1979, Tashkent) - Uzbek chess grandmaster World Champion FIDE (2004).

2003
Year of Mahalla

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari bilan buyuk alloma Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yillik yubileyi o‘tkazilishi munosabati bilan 2003 yilda G‘ijduvon shahri markazi xamda Abduxoliq G‘ijduvoniy me’moriy majmuasi qayta ta’mirlandi va atrof hududlari obodonlashtirildi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan madrasa ta’mirdan chiqdi. Ansambl atrofi ko‘kalamzorlashtirilib, G‘ijduvon shahrinig markazida go‘zal xiyobon tashkil etilgan.

“Osiyo Granit” Company has a long-term experience in the field of stone processing and is the largest manufacturer of marble and granite products in Central Asia.

On the steep bank of the Amu Darya River, 30 kilometers west of Termez are the ruins of the ancient city Kampyrtepa, identified by scientists at the legendary Alexandria Oxiana (Amu Darya).

2002
Year of protection of the interests of the senior generation

2002 yil oktyabr oyida O’zbekiston Prezidentining farmoni bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida bolalar sportini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilib, yildan-yilga takomillashtirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan uch bosqichli sport o’yinlari – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada tadbirlarining o’tkazilishi, shuningdek 2002 yilda Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tashkil etilishi bilan yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish, bolalar sportini rivojlantirishning noyob tizimiga asos solindi.

2003 yilda havo qatnovi sohasida va 2008 yilda investitsiyalar to‘g‘risida qabul qilingan bitimlar ikki tomonlama hamkorlikning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yaponiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yil Yaponiyadan O‘zbekistonga 17 milliard 790 million ien miqdorida mahsulotlar, asosan, avtomobillar va rezina buyumlari eksport qilingan. O‘zbekistondan Yaponiyaga eksport hajmi esa 2 milliard 910 million ienni tashkil etgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Yaponiyaning 17 kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda ikki mamlakat iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitalarining o‘n ikki qo‘shma majlisi va to‘rtta biznes-forumi o‘tkazilganini ta’kidlashni istardim. Shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash masalalari bo‘yicha ham hamkorlik qilinmoqda.

2002 yil 27 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ikki palatali parlament tuzish tashabbusi asosida O’zbekiston Respublikasi referendumi o’tkazildi.

Referendumining yakunlari va uning asosida qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonun mamlakatimizda ikki palatali parlament yaratishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab berdi.

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti (TXVU) 2002-yil 16-yanvar, London shahridagi Vestminster Universiteti (Buyuk Britaniya) va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “UMID” jamg’armasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan.

TXVU Markaziy Osiyodagi xalqaro toifadagi akkreditatsiyadan o’tgan birinchi universitetdir.

TXVUning ochilishidan maqsad mamlakatimizda O’zbekiston va boshqa chet el fuqarolariga xalqaro mezonlarga mos ravishda, London Vestminster Universiteti tomonidan rasman tasdiqlangan Biznes Boshqaruvi, Biznesda Axborot Texnologiyalari, Iqtisodiyot, Iqtisodiyot va Moliya va Tijoriy Huquq sohalarida bakalavr darajasi hamda Xalqaro Biznes va Menejment sohasida magistrlik darajasi bilan taqdirlovchi yuqori sifatli oliy ta’lim berishdir. Bundan tashqari, TXVU ilmiy izlanish va tadqiqotlar o’tkazish, hamda professional kurslar taqdim etishda o’z imkoniyatlarini yanada rivojlantirmoqda. Hozirda universitet O’zbekistondagi eng ilg’or o’quv muassasalaridan biri hisoblanadi.

2001
Year of Mother and Child

Kompleks quyidagi asosiy tarkibdan iborat: etilen ishlab chiqarish bilan tabiiy gazni qayta ishlash (litsenziar ABB Lummus), suyultirilgan gaz, gaz kondensati ishlab chiqarishga mo‘ljallangan dunyodagi eng yirik korxonalardan biridir. Korxona mahsulotlari Evropa, Osiyo va MDH mamlakatlariga eksport qilishga mo‘ljallangan.

2001-yilda YuNESKO Bosh kotibining qaroriga ko‘ra, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi tinchlikni ta‘minlash va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida qo‘shgan hissasi uchun tashkilotning “Tinchlik bizning qo‘limizda” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu oliy mukofot bilan faqat YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi taqdirlangan.

YuNESKOning 2001 yil Finlyandiyada o‘tkazilgan 25 sessiyasida Samarqand Madaniyatlar kesishgan shahar sifatida me’moriy-tarixiy yodgorliklarning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

2000
Year of the healthy generation

Anjumanni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad jahon hamjamiyati sa’y¬harakatlarini Orolbo‘yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy¬iqtisodiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga jalb etish, ushbu ekologik ofatning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat. Unda BMT, ShHT, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz, Erosti suv resurslarini baholash xalqaro markazi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Jahon banki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, OPEK kabi 24 nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari vakillari, Avstriya, Vengriya, Germaniya, Ispaniya, Xitoy, Latviya, Malayziya, AQSh, Frantsiya, Shveytsariya, Janubiy Koreya, Yaponiya singari 26 davlatdan ekologiya, iqlim o‘zgarishi va suv resurslarini boshqarish sohasi olim va ekspertlari ishtirok etdi.

Konferentsiya doirasida Orolni qutqarish xalqaro fondi Ijroya komiteti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, tegishli vazirlik va idoralar xalqaro tashkilotlar va donorlar bilan aniq loyihalarni amalga oshirish va hamkorlik qilish bo‘yicha bir qator hujjatlarni imzoladilar.
Konferentsiya yakuni bo‘yicha jami 1,9 milrd. dollar miqdorida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratilishiga kelishib olindi, shuningdek xalqaro konferentsiyaning yakuniy hujjati qabul qilindi.
Ishtirokchilar Urganch shahrida ushbu konferentsiya yuksak saviyada tashkil etilganini yuqori baholadi va tadbir Orol dengizi qurishining oqibatlariga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilishga ishonch bildirdi.

Muhammadqodir Abdullayev 1973 yilning 15 noyabrida Andijon viloyatida tug‘ilgan. Boks bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari g‘olibi. "O‘zbekiston Respublikasida xizmat kursatgan sportchi", "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvonlari, "El-yurt xurmati" ordeni qamda "Shuxrat" medali bilan takdirlangan. 1999 va 2000 yillarda mamlakatimizda "Yilning eng yaxshi sportchisi" deb topilgan.

Muhammadqodir 13 yoshidan boshlab boks bilan shug‘ullanadi. 1990-1991 yillarda o‘smir-lar o‘rtasida mamlakat birinchiliklari g‘olibi bo‘lgan.

Andijondagi olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida avval Lochinbek Qo‘chqorov, so‘ngra tanikli murabbiylar Mars Qo‘chqorov va Aleksandr Razmaxov rahbarligida o‘z mahoratini oshirgan.

Muhammadqodir Abdullayev 1995 yili Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida golib chikdi, Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, 1996 yili esa Atlantada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.

U 1997 yili Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo chempioni bo‘ldi. 1998 yili Xitoyning Chong-Ging shahridan jahon kubogi bilan qaytdi, Bangkokda o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida esa oltin medalga sazovor bo‘ldi.

1999 yili AQShning Xyuston shahrida jahon chempioni degan yuksak unvonga musharraf bo‘ldi. Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, Sidney Olimpiadasi yo‘llanmasini ko‘lga kiritdi.

Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir biri-biridan qiyin "jang"larda raqiblari ustidan g‘alaba qozondi va yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi chempioni sifatida uning nomi Mustaqil O‘zbekistonimizning sport tarixiga zarhal harflar bilan yozildi.

Qahramonimiz hozirda O‘zbekiston professional boks federatsiyasida birinchi vitse-prezident lavozimida faoliyat olib bormoqda

YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya tajribasi e’tiborga olingan holda YuNESKO 2000 yil Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari Milliy komissiyalarining Hududiy konferentsiyasini Toshkent shahrida o‘tkazdi. Shu yili Milliy komissiya "YuNESKOning assotsiyalashgan maktablari" mukofotini oldi

1999
Year of Women

1999 yili 9 may kuni O’zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda.

Ushbu bayram mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qaxramonona o’lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag’ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’nogaegadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o’z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To’maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho’lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy qaxramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham qarzdur.

1999 yil 1-2 may - Toshkentda kurash bo’yicha birinchi jahon chempionati bo’lib o’tdi.

Unda jahonning 48 ta mamlakatidan sportchilar katnashdi. Buxorolik Akobir Qurbonov, Kamol Murodov va boshka o’zbek kurashchilari dastlabki jahon chempionlari bo’lishdi.

Istiqlol sharofati ila 1999 yilda tashkil etilgan Toshkent islom universiteti xalqimizning muqaddas e’tiqodi – islom diniga oid boy ma’naviy-madaniy merosini tiklash, buyuk allomalarimizning diniy-ma’rifiy asarlarini chuqur o’rganish imkoniyatlarini ochdi.

Diniy va dunyoviy fanlarni uyg’unlikda o’rganish, ilmiy-nazariy yondashish tamoyillariga asoslanib, bu sohada har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borishga qodir yuqori malakali kadrlar tayyorlash Toshkent islom universiteti faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir.

19 mart 1999-yil «SamKochavto» qo’shma korxonasi tijorat faoliyati boshlangan.

Yuk ko`taruvchanligi 1.5 dan 10 tonnagacha gacha bo`lgan 5 ta avtobus rusumi va 6 ta yuk tashish avtomobil rusumini o`zlashtirish rejalashtirilgan. Birinchi yildayoq avtobusning 2ta rusumi (M 23.9 va M 24.9) va yuk tashish avtomobillarining 3ta rusumi (35.9, 80.12, 65.9) o`zlashtirildi.

1998
Year of the Family

Samarqand viloyati Xartang qishloGidagi Imom Buxoriy ziyoratgoXiga 1970-yillar boshida O‘rta Osiyo va QozoGiston musulmonlari idorasi tomonidan qabr toshi qo‘yilgan bo‘lib, 1970-yillar o‘rtalarida qabr ustiga gumbazli ayvon qurilgan. 1998 yilda Imom Buxoriy tavalludining Xijriy-qamariy Xisobda 1225 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga muvofiq qisqa fursatda muXtasham yodgorlik majmua bunyod etildi. "Xadis ilmida Amirul al-mo‘miniyn" degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan alloma Xijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni (milodiy 810 yil 20 iyul) Buxoro shaXrida tavallud topgan. 10 yoshidan boshlab Movarounnaxrdagi turli roviylardan eshitgan Xadislarni yodlay boshlagan. 825 yili Imom Buxoriy volidai muXtaramasi va akasi AXmad bilan Makkai Mukarramaga safar qilib, u erda 6 yil yashagan.

Xayotining ko‘p qismini xorijiy mamlakatlarda musofirlikda o‘tkazib, ko‘plab olimlardan ta’lim olgan. Xorijdan qaytgach ko‘plab shogirdlarga Xadis ilmidan saboq bergan. 600 mingdan Xadisni yoddan bilgan Imom Buxoriy, ushbu Xadislar ichidan eng mukammal va ishonchlilarini tanlab, o‘zining mashXur “Al-Jome’ as-saXiX” asarini yaratadi. Ushbu Xadislar to‘planmasini yaratishda olim 16 yil umrini sarflaydi, bu kitobda 7275 ta Xadis keltirilgan. Imom Buxoriyning ushbu asari islom dunyosida “Qur’oni Karim”dan keyingi muXim manba Xisoblanadi.. Imom Buxoriy avlodlarga 20 dan ortiq meros qioldirgan. Imom Buxoriy milodiy 870 yili Samarqanddagi Xartang qishloGida vafot etadi va shu erda dafn qilinadi.

Abadiy do'stlik to‘g‘risida 1998 yil 31 oktyabr, Toshkent (2000 yil 17 yanvardan kuchga kirdi).

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi, bundan keyin Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar deb ataluvchilar. Ular o‘rtasida birodarlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash ikkala davlat xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi. BMT Nizomi, Xelьsinki Yakunlovchi akti va EXHT doirasida qabul qilingan boshqa hujjatlarning printsiplari va maqsadlariga sodiqliklari, ikki mamlakatning iqtisodiy hamkorligini chuqurlashtirish, uning kelgusi rivoji uchun qulay sharoit yaratish, mulkchilikning barcha shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish zarurligi hisoblandi. Mustahkam shartnomaviy-huquqiy hujjatlar majmui o‘zaro hamkorlikning barcha sohalarini qamrab olgan. 1998 yilda imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma, 2013 yilda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma uning asosini tashkil etadi.

Zavodning dastlabki loyihaviy quvvati yiliga 43,2 ming tonna yoki sutkasiga 360 tonna qand lavlagi shakari ishlab chiqarishni tashkil etar edi. 2001 yilda o‘zimizda shakar ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan shakarqamish xom ashyosidan shakar ishlab chiqarishga qaror qilindi. Ushbu maqsadlarda bu zavodga chet el investitsiyalari jalb qilindi, ular korxonaning yil davomida uzluksiz faoliyat ko‘rsatish imkonini berdi. Qayta jihozlashning birinchi bosqichida shakar zavodining quvvati olti oy davomida sutkasiga 700 tonnagacha etkazildi.

Mahsulot tannarxini pasaytirish maqsadida, 2007 yilda shakar solinadigan polipropilen qoplari ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Keyingi qayta jihozlash va texnik qayta qurollantirish korxonaning shakar ishlab chiqarish quvvatini 2014 yilga kelib 390 ming tonnaga etkazish imkonini berdi. 2013 yilda shakar ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi 356,5 ming tonnani tashkil etdi. (o‘sish sur’ati 110,3%). 2014 yil I yarim yilida 179,4 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan, 2013 yil shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,5% tashkil qildi. Zavod joylashgan qishloq hududida 1400 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.

1997
Year of the human interests

Aviakompaniyaning besh yillik faoliyati yakunlari bo‘yicha kompaniya Xalqaro fondning “Bexatar parvozni ta’minlash borasida ko‘rsatgan xizmati uchun” diplomi bilan taqdirlandi.

Ushbu yil aviakompaniya parki yana ikkita “Boing-767” layneri va o‘rta olislikka uchuvchi RJ-85 samolyoti bilan to‘ldirildi. Yangi samolyotlarda Boku, Ekaterinburgga parvozlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston va Yaponiya hukumatlari o‘rtasida Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlarini rekonstruktsiya qilishga kredit ajratish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbuslarii bilan 1997-yil 25-30 avgust kunlari Samarqand shahrida YUNESKO hafeligida o‘tkazildi. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada uyushmasi, davlat bastakorlar uyushmasi va Samarqand viloyat hokimligining ko‘magida har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Festivalning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: milliy musiqa san’ati durdonalarini keng ommalashtirish, saqlash va mukammallashtirish; o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy an’analarga muhabbat ruhida tarbiyalash; xalqaro madaniy aloqalarini yanada kengaytirish. Festivalda gran-pri sovrindori mug’omlar ijrochisi Simara Inamovaga (Ozarbayjon).

1997 yildan boshlab 1 oktyabr "O‘qituvchi va Murabbiylar kuni belgilandi va bu kunni dam olish kunidib xisoblandi. Shu bilan birga o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ishlab chiqildi.

1996
Year of Amir Temur

O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi tuzildi.

Toshkent shahrida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya hamda O‘zbekiston rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.

Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi tantanali ravishda ochildi

Samarqand va Shahrisabz shaharlarida sohibqiron Amir Temur haykali ochildi. Har ikki shaharga “Amir Temur” ordeni topshirildi

Andijon viloyatining Asaka shahrida engil avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha “O‘zDEUavto” O‘zbekiston - Janubiy Koreya qo‘shma korxonasining xalqaro taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Amir Temur" ordeni bilan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari davlatchilikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, me'morchilikni, ilm-fan, adabiyot va san'atni, shu jumladan harbiy mahoratni rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissalari uchun mukofotlanadilar. "Amir Temur" ordeni bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni hamda xalqlar o'rtasida do'stlikni mustahkamlash ishiga alohida hissa qo'shganlik uchun ham taqdirlanadilar.

Germaniyaning Gamburg shahrida professional boks tarixida birinchi bor O‘zbekiston vakili - toshkentlik sportchi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi

1996-yil 19-iyulda Andijon viloyatining Asaka shahrida Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil zavodi faoliyat ko'rsata boshladi. Shu yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida zavoddan ikki millioninchi avtomobil chiqarilgan.

1995
Year of Avicenna

Toshkentda Markaziy Osiyoda Havfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro seminar-kengash bo‘lib o‘tdi. Unda BMT, EXHK, Islom konferentsiyasi tashkiloti, BMT Xavfsizlik Kengashida ishtirok etuvchi Mamlakatlar, MDHga a’zo bo‘lgan mamlakatlar delegatsiyalari, Markaziy Osiyo davlatlari va ularga qo‘shni bo‘lgan davlatlar vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 3-sessiyasida "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Amir Temur xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etildi.

O‘zbekisgon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tashkil etildi

1994
Year of Mirzo Ulugbek

Yaponiyaning Xirosima shahrida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12-Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Toshkent va Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Toshkentda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan “Mirzo Ulug‘bek va uning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferentsiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual kodeksi qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so‘m muomalaga kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi tashkil etildi.

Norvegiyaning Lillixammer stadionida 17-qishki Olimpiadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristayl bo‘yicha Olimpiada chempioni bo‘ldi.

1993
Year of Akhmed Yassavi

AZT-22 kо‘zgu teleskoplari (kо‘zgu diametri 1.5-metrga teng) va Karl Seyss-Yen firmasining 1-m teleskopi rasadxonaning asosiy qurollari hisoblanadi.Kichik qurollar ham bor. Bular – Seyss firmasining obyektiv diametri 30-sm bо‘lgan 60-sm raqamli ikkita teleskop. Teleskoplarning deyarli barchasi shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlangan. AZT-22 teleskopi Rossiyada, LOMOda tayyorlangan bо‘lib, rasadxonaning eng yuqori nuqtasiga о‘rnatilgan. Hozirgi kunda mazkur instrumentda AQShning Pitsburg universiteti va Rossiya MDU SHDAI olimlari bilan hamkorlikda gravitatsion linzalar, kvazarlar va galaktikalarni kuzatish amalga oshirilmoqda. 1-teleskopda Galaktikaning shimoliy qutb va Quyosh atrofidagi tumanliklar sohasida qorong‘udagi о‘zgaruvchan yulduzlarni rangli suratga tushurish ishlari amalga oshirilmoqda. 60-sm teleskopida qorong‘udagi о‘zgaruvchan yulduzlar, sefeid va Yupiter yо‘ldoshlari ustidan kuzatishlar olib borilmoqda.

AFR-1da yulduz hosil bо‘luvchi hududlar va tarqoq yulduzlarning suratlari olinadi. Ushbu kuzatishlarda SHDAI astronomlari faol ishtirok etmoqdalar. Rasadxonada kamdan-kam kuzatiladigan hodisa – 1994-yilning 16-iyulidan 22-iyuligacha Shumaxer-Levi 9 kometasining Yupiterga qulashi kuzatildi. Qora dog‘lar hosil bо‘lishiga olib kelgan kometaning tarqalishi lavhalari qayd qilindi. Yulduzlarning atmosferada qayd etilgan yuqori sifatli tasviri va rasadxonada tiniq oqshom vaqtining kо‘pligi bir necha kuzatuv dasturlarini amalga oshirish imkonini beradi. AZT-22 teleskopida 0.3" burchak ruxsatli galaktikadan tashqaridagi obyektlar hamda 23 yulduz kattaligidagi zaif obyektlarning tasviri olinadi. О‘zgaruvchan yulduzlarning sifatli fotometriyasi ma’lumotlarni samarali tо‘plash va yulduzlar jilosining kuchsiz variatsiyalarini ochish hamda bir qator fotometrik imkoniyatlarni beradi.Hozirgi kunda Seyss firmasining yana bir 1-m teleskopini ishga tushurish rejalashtirilmoqda. Bu kuzatish imkoniyatlarini kengaytirib, ikkita bir xil teleskop asosida yulduzlar interferometrini yaratish imkoniyatini beradi. Mazkur loyihani amalga oshirishda Ukraina va Fransiya olimlari ishtirok etmoqdalar.

1991
Year of Alisher Navoi

Saylov natijalariga ko'ra Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi, referendum natijlariga ko'ra O'zbekiston aholisining mutloq ko'pchiligi O'zbekiston Respublikasining mustaqil bo'lishi yoqlab ovoz bergan.

1991-yil 21-dekabr kuni Qozog'istonning Olma-ota shahrida Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston tashkilot maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiya va tashkilotni tuzish to'g'risidagi bitimning Bayonnomasiga imzo chekdilar hamda tashkilotga ta'sischi maqomida a'zo bo'ldilar.

1992-yil 4-yanvar O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Mustaqil davlatlar hamdo'stligi tashkilotini tuzish to'g'risidagi Bitim va uning Bayonnomasini ratifikatsiya qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.

2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.

3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.

4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.

5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.

6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

1991-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining navbatdan tashqari VII sessiyasi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ni ratifikatsiya qildi. Ushbu Deklaratsiya mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining "Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari" deb atalgan 2-boʻlimi mazkur Deklaratsiya talablariga toʻla mos bo'lib, unda Oʻzbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega boʻlishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oddida tengligi taʼkidlab o'tilgan.

Deklaratsiya O'zbekiston Respublikasida inson huquqlari himoya qilish borasida jahon andozlariga mos huquqiy tizim ishlab chiqish uchun tamal toshi vazifasini bajardi. Shu kungacha Respublikada inson huquqlarini himoya qilishga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro meʼyorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan. Inson huquqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlovchi milliy institutlar — Inson huquqlari bo'yicha Oliy Majlis vakili Ombudsman, O'zbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlarini monitoring qilish instituti va boshqalar faoliyat olib bormoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 29-yanvarda qabul qilingan PF-139-son Farmoniga binoan Toshkent shahrida 28-sentabr kuni Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi katta tantana bilan nishonlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov rahbarligida Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi xalqaro miqyosda nishonlanishi mamlakatimiz madaniy-ma’naviy hayotida katta voqea bo‘ldi. Shu munosabat bilan Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ tashkil etildi va shoirga salobatli haykal o‘rnatildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12-chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasida O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash bayonoti va “O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustqaqilligi asoslari to’g’risida” Qonun qabul qilindi.

Changes on the website
Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год;Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Добавления в 2013 год; Доба